Интерпретация обращения с сердцем в эпосе и литературе

Отражение проблемы лечения сердца в узбекской классической литературе и фольклоре. Интерпретация восточной морали и идея воспитания идеального человека в западной литературе. Эпос Хайрат уль-аброр и его отражение в современной литературе (Прощение раба).

Рубрика Литература
Вид дипломная работа
Язык узбекский
Дата добавления 06.06.2021
Размер файла 113,0 K

Отправить свою хорошую работу в базу знаний просто. Используйте форму, расположенную ниже

Студенты, аспиранты, молодые ученые, использующие базу знаний в своей учебе и работе, будут вам очень благодарны.

Размещено на http://www.allbest.ru/

План

Kirish

1. Bob badiiy adabiyotda " qalb muolajasi " muammosining ilmiy-ma'rifiy omillari

1.1 O`zbek mumtoz adabiyoti va folklorida qalb muolajasi masalasining aks etishi

1.2 Sharqona axloq va komil insonni tarbiyalash g`oyalarining G`arb adabiyotidagi talqini

2. Bob Alisher navoiy. Hayrat ul-abror dostonida qalb muolajasi talqini va zamonaviy adabiyotda (g`afur g`ulom) aks etishi

2.1 Hayrat ul-abror umumkonsepsiyasida qalb muolajasi masalasi (iymon, tavba, sabr)

2.2 Hayrat ul-abrorda qalb muolajasiga doir hikoyatlarning o`rni va ularning an'anaviyligi

3. Bob "Haydalgan" romanida inson ko`ngli muammosining epik talqini

3.1 Gyugo va G`afur G`ulom asarlarida ma'naviy tarbiya yetakchiligi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish

Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik o`zbek xalqiga o`zligini anglash, tarixi, madaniyati, xalqona urf-odatlari va qadriyatlarini qayta tiklash, milliy o`ziga xos xususiyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoitlar yaratdi. Binobarin, jamiyat ma'naviy hayoti sog`lomlashuvi bevosita badiiy adabiyot zimmasiga tushadi. Ayni paytda, "biron bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o`z istiqbolini tasavvur eta olmaydi" Каримов И.А. Юксак маънавият- енгимас куч. -Т.: Маънавият, 2008. 156-бет. Shu ma'noda, adabiyot har bir davr ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy muammolarini ko`tarib chiqishi va ularga javob izlashiga ko`ra tarbiyaviy ahamiyatga ega. Uning ijtimoiy-ma'rifiy xususiyati, ayniqsa, tahlil va talqin vositasida baholash mezonlariga aniqlik kiritishda yaqqol ko`rinadi. Vaholanki, istiqlol sharoitida ma'naviy mezonlarni davr ruhidan qayta - haqqoniy baholash jarayon tusini olganligini hisobga olsak, masala mohiyati yanada teranlashadi. Tabiiyki, mavjud holatda real hayot va dunyoqarashni sog`lomlashtirish etakchi mavqega erishadi. Zero, badiiy adabiyot ruhoniyatini, ma'naviy olamini yuksaklikka ko`taruvchisi, komil inson tarbiyachisidir. Qalb mavhum tushunchadir. Qalbda nimalar kechayotganini his qilish mukin. Qalb haqida turlicha fikrlar va qarashlar bor. Qalb va ko`ngil birmi? Yoki umuman har-xil. Bu kabi tushunchalar bor. Lekin diniy asarlardan birida shunday tushuncha bor: "Qalb ko`ngildan yuqorida turadi. Inson qalbida faqat eng ezgu hislarni olib yuradi. U qalbda shirin xotira, ezgulik kabi hislar. Ko`ngilda esa: xafagarchilik, yomon xotiralar, gina-qudrat kabilardir" Shayx Muhammad Sodiq."Tasavvuf haqida tasavvur" ko`rinib turibdiki qalb barcha inson a'zolaridan yuqorida joylashgan va unda eng kerakli va eng buyuk hislar bor. Qalb muolajasi haqida ko`p so`z yuritiladi. Qalb muolajasining inson qalbi bilan shug`ullanishida erta va kechi yo`q. qalbni tiriltirish, uni yaxshi yo`ga boshlashda adabiyotning o`rni umuman o`zgachadir. Badiiy adabiyotda qalb muolajasi haqida asarlar ko`p. insonning qalbini davolashda uni to`g`ri yo`lga solishda adabiyotchalik hech qaysi sohaning o`rni yo`q.

Dissertatsiyaning o`rganilganlik darajasi. "Hayrat ul-abror" dostoni, G`afur G`ulomning " Mening o`g`rigina bolam" hikoyalari o`zbek adabiyotidagi eng qimmatli durdonalar hisoblanadi. Bu ikki asar uzoq yillardan beri xalqning ko`nglidan, qalbidan chuqur joy olib kelgan. "Hayrat ul-abror" dostoni uzoq yillardan buyon o`zbek xalqining ma'naviy ongini, dunyo qarashini va ezgulikka bo`lgan munosabatini shakllantirib kelmoqda. Asarning badiiy qimmati ham yuqori. Asar falsafiy-didaktik xususiyatga ega, tarbiyaviy ahamiyatga ega maqolatlardan iborat. Doston yigirma maqolat va yigirma hikoyatdan tashkil topgan. Jumladan, adabiyot olami shoirlari, kirish qismida Ollohga hamd hamda payg`ambarga na't bag`ishlangan boblari ham bor. "Hayrat ul-abror" haqida yaratilgan filologik tadqiqotlar ham talaygina. Jumladan, filologiya fanlari nomzodi, Dilnavoz Yusupovaning "Hayrat ul-abror" dostonining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari maqolasi shular jumlasidan. Navoiyning asarlarida qalb masalasi bir necha maqolatlarda keltirilgan. Uning zamonaviy adabiyotga ko`chishini G`afur G`ulom ijodida kuzatsak bo`ladi. Bu ikki ijodkorning asarlarida qalb masalasi nihoyatda go`zal qilib tasvirlangan. узбекский литература фольклор

Har bir asarga san'at asari sifatida baho berish, ijodkorning badiiy mahoratini o`rganish bugungi kunning estetik talablaridan biriga aylanmoqda.

To`g`ri, adabiyotshunosligimizda badiiy asar tahliliga bag`ishlangan ilmiy ishlar, monografik tadqiqotlar, risola va kitoblar mavjud. Ammo ularda Alisher Navoiyning va G`afur G`ulomning asarlaridagi "qalb" mavzusi tadqiqot sifatida o`rganilmagan. Ayniqsa, G`afur G`ulom ijodida Navoiydan ruhlanganligi. G`afur G`ulomning "Hasan Kayfiy" hikoyasida Navoiyning ijodi ta'sir etganligini ko`rishimiz mumkin.

Tadqiqotning maqsadi. Alisher Navoiy hamda jahon adabiyoti adiblaridan Viktor Gyugo asarlaridagi " qalb muolajasi" mavzusining qanchalik bir-biriga yaqinligi hamda sharq va g`arb adabiyotini qiyoslab o`rganish.

Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot ishida quyidagi vazifalarni hal qilish ko`zda tutilgan:

- "Hayrat ul-abror" da tasvirlangan hikoyatlarni o`rganish, tahlil qilib berish;

- Alisher Navoiy asarlarida (iymon, tavba, sabr) kabi hislatlarning masalasini o`rganish;

- G`afur G`ulom ijodida Navoiydan ruhlanib yozgan asarlari;

- Viktor Gyugoning "Haydalgan" asarida "qalb muolajasi" tasvirlanishini;

- Sharq va G`arb adabiyotida komil inson talqini.

Tadqiqotning obyekti . Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asari, shuningdek G`afur G`ulomning "Mening o`g`rigina bolam" hikoyati va Viktor Gyugoning asari hamda qalbga masalasiga doir nazariy adabiyotlar tadqiqot obyektini tashkil etadi. Ishning predmeti esa Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" asaridagi bir necha qalbga doir hikoyatlarni tahlil qilishdan iboratdir.

Tadqiqotning metodologik usul va metodlari. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning milliy o`zlikni anglash, milliy ma'naviy qadriyatlarni tiklash, yanada rivojlantirish bo`yicha bildirgan fikr mulohazalari tadqiq jarayoniga metodologik asos sifatida xizmat qiladi.

Tadqiqot mavzusini yoritishda statistik, biografik, qiyosiy-tipologik tahlil usullaridan foydalanildi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Buyuk mutafakkir she'riyat sultoni Alisher Navoiy ijodiy merosi adabiyotshunos olimlar tomonidan ko`p o`rganilgan bo`lsada, uning "Hayrat ul-abror" asarida qalb tasviri masalasi alohida tadqiqot sifatida yoritilmagan. Hamda G`afur G`ulum ojodida Navoiyning o`rni borligini ham ko`rishimiz mumkin. Shunga ko`ra, tadqiqotimizda "Hayrat ul-abror"da iymon, sabr, tavba va inson dunyosining botiniy va zohiriy tasvirini aniqlashga harakat qildik. Alisher Navoiy va G`afur G`ulomning o`zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo`shgan hissasini ko`rsatishga harakat qildik.

Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati. Navoiyning ijodiy merosi adabiyotshunos olimlar tomonidan ko`p o`rganilgan bo`lsa-da, uning "Hayrat ul-abror" asarida qalb tasviri masalasi alohida tadqiqot sifatida yoritilmagan. Tadqiqotda "Hayrat ul-abror"da keltirilgan hikoyatlarning ma'no mazmuni, ularning talili va boshqa ijodkorlar ijodida aks etishini o`rganamiz. Bu asarlar orqali o`zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo`shgan hissasini ko`rsatishga harakat qildik.

Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, Alisher Navoiy hamda G`afur G`ulom asarlaridagi qalbning talqini nafaqat sharq adabiyotida balki g`arb adabiyotida ham o`rganilgan. G`arb adabiyotining sharqadan ilhomlangan, tarbiya komil inson masalasi sharq va g`arb adabiyotida aks etilishi. Mumtoz adabiyotimizda qalb masalasi xalq og`zaki ijodidan boshlanganligi, va bu an'ananing davom etib kelayotganligi. Navoiydan so`ng zamonaviy adabiyotda G`afur G`ulom ijodida aks etishini kuzatamiz. Viktor Gyugoning asarlarida ham insonning qalb muolajasi muammosi mavzusining ko`tarilganligini guvohi bo`lamiz.

Ishning tuzilishi va hajmi. Ushbu magistrlik dissertatsiyamiz tarkibiy tuzilishiga ko`ra kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tarkib topgan.

1. Bob badiiy adabiyotda " qalb muolajasi " muammosining ilmiy-ma'rifiy omillari

1.1 O`zbek mumtoz adabiyoti va folklorida qalb muolajasi masalasining aks etishi

O`zbek mumtoz adabiyotida "qalb muolajasi" si masalasi necha asrlardan buyon ko`tarilib kelayotgan mavzudir. "Qalb" murakkab, shu bilan birga o`ziga jalb etuvchi, fikrlashga undovchi mavzudir. O`zbek mumtoz adabiyotida Imom G`azzoliyning o`rni alohida. Imom G`azzoliyning "Ihyou Ulumid-Din" asarida qalb haqida go`zal fikrlar berilgan: Qalbning ikki askari bor. Bir askarini ko`z bilan ko`rsa bo`ladi. Yana bir askarini faqat qalb ko`zi orqali ko`riladi, u farishta hukmidadir. Ko`riladigan askarlari esa xizmatkor va yordamchi hukmidadirlar. Qalbning ko`z bilan ko`riladigan askari - qo`l, oyoq, ko`z, quloq, til hamda boshqa zohiriy va botiniy a'zolardir. Ularning hammasi qalb uchun xizmatkor bo`lib, unga bo`ysundirilgan. Qalb a'zolarining tasarruf qiluvchisi va ular uchun beqaror narsadir Imom G`azzoliy. Ihyou Ulumid-Din Toshkent "Movarounnahr" 2006 5-b. A'zolar qalbga itoat qilgan holda yaratilgan. Ya'ni barcha a'zolar qalbga bo`ysunadi. Agar ko`zga ochilish uchun buyruq berilsa, ochiladi. Agar oyoqqa harakatlanishga amr berilsa, harakatlanadi. Agar tilga gapirishga qat'iy buyruq berilsa, gapiradi. Boshqa a'zolar ham shunday. Qalbning yomon yo`lga kirib ketmasligi ikki askarga bog`liq. Biri botiniy ikkinchisi esa zohiriydir. Qalbning ot-ulovi badandir. Badan qalbni uzoq olamga yetkazadigan ulovdir. Ulov hisoblangan badanning ehtiyotini qilib, uni muhofaza etib turmoqlikka muhtoj bo`linadi. Ya'ni badanni ham toza tutmoq ham aytiladi. Albatta badan unga foydali va yoqimli ovqat va boshqa narsalarni jalb qilish hamda halok bo`lishiga sababchi narsalarni badandan daf etish bilan muhofaza qilinadi. G`azzoliy ta'biricha qalbning pokligi, sofligi va muolajasi badanga bog`liqdir. Qalbning muolajasi bevosita insonning tashqi olami bilan ham bog`liq. Alloh insonlarga hayvonlardan ajratib turush uchun bir hislat ato etgan. Bu ham bo`lsa -fikrlash, idrok qilish hissidir. Qalbning tanazzulga uchramasligi uchun, inson har bir ishni boshlayotgan vaqtida, uning oxirini o`ylab, fikrlab, oxirgi arorga keladi. Chunki ba'zi o`ylamay qilingan qarorlar insonni halokatga yetaklashi mumkin. Insonga aql berilgan. Va ilm olish imkoniyati. Biz qalbimizni poklamoq, muolaja qilmoqchi ekanmiz, ilm yo`liga kirishimiz darkor. Alloh taolaga qalbni poklash yo`li bilan yaqinlashishimiz mumkin, bu yo`lda bizga ilm va iroda eng yaqin do`st bo`ladi.

Abu Nuaymdan rivoyat qilinadi:

"Huzayfa ibn Yamon, roziyallohu anhu, va'z qila turib:

-- Bir xil qalb bordirki, bo`m-bo`shdir. Bu kofirning qalbidir. Bir xili borki, goh unday, goh bunday. Bu esa munofiqning qalbidir. Yana bir qalb borki, unda porlaguvchi bir qandil bor. Bu mo`minning qalbidir. Yana bir qalbda esa, ham imon, ham nifoq bor. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxt kabidir. Nifoq esa yiring va qon bilan to`yinib, shishib ketgan yaraga o`xshaydi. Bu qalbda shu ikki ozuqaning qaysi biri ko`p bo`lsa, o`sha G`olib keladi, - dedilar". Inson qalbida doimo yaxshilik va yomonlik o`zaro raqobat bilan, joy talashadi. Qalb butun bir tana a'zolarining taxti hisoblanadi. Qalbning o`rnini egallashi uchun, inson o`zidagi yovuzlikni yengishi ya'ni nafsni jilovlay olishi lozim. Nafs va aql bir-biriga ziddir. Inson nafsning quli bo`lib, nafsining aytganini qilsa, qalbning pokligiga erisha olmaydi. Aql bilan yuritilgan har qanday ishning oxiri hayrlidir. Qalb pokligida aql alohida o`rin egallaydi. Fikrlash, yaxshini yomondan ajrata bilish, har bir ishni aql bilan yuritish komil insonlarga xosdir. Imon pokiza suv bilan oziqlanadigan daraxtdir, ya'ni imon insonlarga xosdir. Biz tug`ulibmizki, aqlimizni tanibmizki imon keltiramiz, alloh taoloning borligini, yomon ishlarning albatta intixosi bor ekanligini, bu dunyoda barcha narsa o`tikchi ekanligini bilgan holda vijdonimiz amriga quloq tutzmiz. Imon bu- ishoch keltirmoqdir. Haqni tanigan inson zinhor insonlarga ozor bermaydi. Qalb muolajasining muhim shartlaridan biri bu-muhabbatdir. Allohga, ota-onaga, vatanga, yor-u do`stga. Muhabbat insonni ulg`laydi. Muhabbat bilan boshlangan ish hayrli bo`ladi. Muhabbat Allohning insonga ne'mati, ilohiy tuyg`u. Chin muhabbatning sinovi hijron, sharti sadoqatdir. Sadoqat saqlanmagan ishq qalbniki emas, gunohkor vujudning hirsi sanaladi. Birovning mulkiga o`g`irlikka tushganni, birovning joniga qasd qilganni balki mustahaq jazolardan so`ng kechirish mumkindir. Allohning ulug` inoyati- muhabbatni poymol etganga kechirim yo`q! Demak, Vafo muhabbatdan ham buyukroq tuyg`u. Darhaqiqat, shoir muhabbatni Allohga olib borajak yo`l, sadoqatni esa Yaratganga e'tiqod deb biladi.

Yana bir buyuk mutafakkir olimlardan Nosiriddin Rabg`uziyning "Qissasi Rabg`uziy" asarida qalb bilan bog`liq bir necha satrlarni uchratishimiz mumkin. "Qisasi Rabg`uziy" asarining "Rasul alayhissalomni avurtag`a bergan so`zlari" hikoyatida shunday deyiladi: "Bir yig`och yer chiqtilar ersa, ikki oqqush havodin inib, Muhammadni o`g`lonlar orasindin olib, havog`a oshurdilar. Biyik yerga eltib qo`yib, Rasulni orqan yotqurub ko`kragin yordilar. Yuragini chiqarib bir oltun tasht ichinda yuvdilar, yana yerinda o`rnatilar. Oltun igna birla yarasin tiktilar,qanot birla sivadilar. Ul ikaguda biri Jabroil erdi, yana biri Mekoil erdi. Halima o`g`lonlari ani ko`rub qo`rqtilar. Yig`layu onalarig`a kelib aydilar: "Ey ona, ikagu kelib Muhammadni biedin ayirdilar. Eltib, qornin yorib o`lturdilar". Halima yuzin yirtib, faryod qilib, bosh-oyoq yalang keldi. Muhammadni ko`rdi, behush bo`lub yotur. O`nginda suv qo`yg`an yeri ul turur, qorninda yorg`an nishoni belguluk. Qurayshlar ani eshitib, otlanib keldilar. Ul Muhammad bu turur teb yorliqar. Alam nashrah laka sadrak" Nosiriddin Rabg`uziy. Qissasi Rabg`uziy.

Ushbu voqea "Qur'oni karimning "Sharh" surasida keladi. Suraning nomi ham arab tilida "Ochmoq, keng qilmoq" degan ma'nolarni anglatadi. Ya'ni ushbu suraning 1?oyatida shunday keladi: "(Ey Muhammad,) Biz ko`ksingizni ochmadikmi? Biz yelkangizni bosib turgan (og`ir) yukingizni olib qo`ydik. Alloh O`z Rasuliga payg`ambarlik va risolat yukini yengil qilib qo`ydi. Natijada u zot qalblari xotirjam holda da'vat qiladigan, imon yo`lida har qanday sinovlarga bardosh beradigan yuksak xulq sohibiga aylandilar. Qolaversa, Alloh bandalaridan aksariyati qalbini Islomga moyil qilib qo`ydi. Ba'zi mufassirlar bu oyatni "Biz johiliyat davrida qilgan "gunoh"laringizni kechirdik" deb tafsir qilishgan."

"Vujudning alal-abad qismati haqida, ya'ni, shuningdek, Qur'on tafsirlarining o`zbek tilida paydo bo`lishi g`oyat katta hodisaga aylandi. Ushbu durdonalar, ulardagi ajoyib tashbehlar nafaqat mo`min-musulmonlar, balki jami bashar farzandlari uchun beqiyos ibrat maktabidir. Attang, necha-necha o`n yillar mobaynida bu xazina ham bekitib kelindi. Go`zal rivoyatlar, mukammal hikoyatlar majmuasi bo`lmish Rabg`uziy kitobi, Imom at-Termiziy singari mo`tabar zotlarning payg`ambarnomalari, tarixnomalari ham nashr etilmadi. Ularning barchasiga birvarakayiga bid'at, xurofot tamg`asi bosilgan edi. Holbuki, ularning xurofotga hech qanday aloqasi yo`q. Asl diniy dunyoqarash tirik tafakkurning hayotdagi jonli qo`llanmasi hisoblanadi". Inson qalbini yomonliklardan poklash, uni dunyoviy muammolardan olish, faqat qalbni to`ydirmoq lozimligi, ilm, insonlarni yaxshilik sari boshlash, yaxshilik ulashish, allohning go`zal kalomlarini xalqqa yetkazish bu asarda payg`ambarimiz Rasululloh ta'rifida keltirilgan.

O`zbek xalqining asrlar mobaynida to`plagan xalq og`zaki ijodi xazinasi g`oyat boydir. U xalqimiz ma'naviy madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi. Keksa avlod vakillari hayot tajribalari asosida to`plangan, shakllangan dono fikrlarini quyi avlodlarga og`zaki hikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq, matallar shaklida singdirishga, hikmatlari bilan xalq qalbiga kirib borishga intilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali bolalarni ota-onalarining, kattalarning maslahatlariga diqqat-e'tibor bilan quloq solishni o`rgatgan, ertak qahramonlaridan namuna olishga undagan. Xalq og`zaki ijodi namunalari jumladan: dostonlarda, qo`shiqlarda, masallarda, "qalb muolajasi" mavjudligini ko`rishimiz mumkin. Insonni yaxshilik tomon undash, hayotga bo`lgan muhabbat tuyg`usini kaolotga yetaklash xissiy ta'sir ko`rsatish ham qalb muolajasining bir ko`rinishi aslida. Hayotga muhabbatni tarannum etuvchi, yaxshilik qilishga chorlovchi mazmunida didaktikani mujassamlashtirgan xalq og`zaki ijodi na'munalarining zamirida ko`rinmas kuch yotadi. Ular inson qalbini tom ma'noda qotib qolishdan, yovulikdan himoya qildi desak xato bo`lmaydi. Doston o`zbek xalq og`zaki ijodining keng tarqalgan janrlaridan biridir. Uning paydo bo`lish tarixi xalqimizning boy ma'naviy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy estetik qrashlari, adolat, ozodlik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi ideallari bilan chambarchas bog`liqdir. Alpomish dostonida " tutqunlik" motivi bor. Alpomish Suxayl kampirning xiyla-makriga aldanib, choxga tushadi. Bu yerda tutqunlik alpni ham jismonan ham qalban yuksalikka erishdi. Choh sabrga o`rgatdi, aql bo`ldi. Donishmandlik maqomiga yetkazdi. Dostonda tutqunlik motivi alpni har jihatdan yetuklikka erishishiga katta turtki bo`lgan. Alp chohda o`tirar ekan, uning qalbi yovuzlik, nafratdan tozalanib, sabrga, aqlga, ezgulikka o`rgatdi. U endi chin kamolatga yetgan alpga aylandi. Zindonga tushguncha Alpomish: to`qson alpni yengdim, Barchinni oldim, Kashalning biri zo`r bo`lsa- Qorajon. U ham do`stim qabatimda deb havolangan edi. Elining dardini bilmasdi, qavmining ruhiyatini, ahvolini his qilmas edi. Zindondan keyin uning qalbi o`zgardi, yaxshini yomondan ajrata boshladi, xalqining dardini his qildi. Tarqab ketgan qo`ng`irot elini birlashtirdi. Alpomish dostonidagi g`oyalar inson qalbini tarbiyalashga undaydi. Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo`l tutish kerakligini yaxshi o`ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o`z qoidalarining odat tusiga kirishini, ya'ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga, turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga asoslanib muayyan fikr yuritiladi. Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o`rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo`lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo`lgani kabi uning axloq - odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb olamini o`rganish, bilish, tahlil etish g`oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog`liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonga odamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat, 4 saxovat, iymon, e'tiqod kabilar mujassam bo`ladi. Ayni holda shu xislatlarning aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe'lida ko`rinadi. Xal og`zaki ijodi necha ming yillardan beri davom etib kelayotgan adabiy jarayon hisoblanadi. Xalq og`zaki ijodida, qo`shiqlar, yor-yorlar, o`lanlar, dostonlar va she'rlar inson hayotini yaxshilash, unga faqat ezgulik urug`ini sochish bilan mashg`ul bir adabiy tur hisoblanadi. Qo`shiqlarning ham xalq og`zaki ijodida o`zgacha o`rni bor. Yor-yor qo`shiqlarini olaylik, ular hayotning naqadar go`zalligi va jimjimadorligini tarannum etadi. Insonlardagi yaxshilikni, ularning amallarini va bir-biriga bo`lgan munosabatini dostonlar, marsiyalar va qo`shiqlar orqali ko`rsatadi. Biz yoshlar bolaligimizdan Kuntug`mush, Alpomish, Rustam dostonlarini tinglab ulg`ayganmiz. Albatta bu bolaning ma'naviyatiga ta'sur qilmay qolmaydi. Alpomishning Qo`ng`irot eliga yordam berganligi, uni birlashtirganligi, yorini g`animlar qo`lidan ozod etganligi to`g`ridagi dostonni o`qigan har bir o`quvchi Alpomishdan o`rnak olishga harakat qiladi. Muhit- ongni shakllantiradi. Shuning uchun ham ertaklarda, hikoyalarda, dostonlarda yaxshilikning o`rni va yakunida barcha narsa yaxshilik bilan tugashi tasvirlanadi. Va bu holat bolaning ongida rivojlana boshlaydi. U bolaligidanoq buni o`z fe'lida ko`rsatadi. Xalqimiz orasida "Bola boshidan" degan maqol yuradi.

"Alpomish" dostoni o`zbеk xalqining sеvikli dostoni bo`lgani bеjiz emas. Undagi voqеalar hayotiyligi va ta'sirchanligi bilan ajralib turadi, mardlik, fidoiylik, samimiyat, to`g`rilik, hamiyatlilik, do`stga sodiqlik, yorga vafodorlik, vatanparvarlik va mеhnatsеvarlik kabi insoniy fazilatlardan iborat bo`lgan o`zbеk milliy ruhiyati yaqqol ko`rinadi Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo`lib tug`ilmaydi - u birday tug`iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko`y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat-tuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros - oilaviy tarbiya, xalq pedagogikasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an'analari, jamiyatning bu sohadagi sa'y-harakatlari hal qiluvchi o`rin tutadi. Xalq ta'kidlashicha, bola boshdan to`g`ri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson bo`lib yetishadi, egri yo`lda tarbiyalansa - yomon kishiga aylanadi. Zero, "Ko`chat boshdan, bola yoshdan" maqoliga amal qilish xalq an'anaviy pedagogikasining bosh yo`nalishidir. Shu boisdan, xalq dostonlarida bolaning qalbini uni tarbiya qilish bilan boshlashadi. Qalb tarbiyasining katta- kichigi, ya'ni birlamchi-ikkilamchisi bo`lmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni chog`da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, yetti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Harakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutadi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunni qadriga yetishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo`lib tug`ilmaydi - u birday tug`iladi. Xalq badiiy so`zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga alohida e'tibor berib kelgan. Badiiy so`z bilan xalqning barcha tajriba boyliklarini, turmush tarzi, ma'naviy va madaniy hayotini go`zal ifodalarda ifodalaganliklari ma'lum. Xalq orasidan ajoyib iste'dod sohiblari -dostonchilar, ertak aytuvchilar, qo`shiqchilar yetishib chiqqan. Ular yaratgan maqol va matallar, ertak va afsonalar, qo`shiq va topishmoqlarda, xalqning aql-zakovati, orzu-istaklari, ruhi va irodasi o`z aksini topgan. So`z san'atining asosiy manbai - real borliq, tabiat, insonlar, ularning mehnati va o`zaro munosabatlari, xulq-atvori hisoblanadi. Badiiy so`z orqali obrazlar aniq yaratiladi, bu bilan bola ko`zi oldida asar qahramonlarining sarguzashtlari, xattiharakatlari, his-tuyg`ulari gavdalantiriladi. Shulardan biri so`z san'atining go`zal namunasi hisoblangan ertaklar haqida to`xtalib o`tsak. ertaklar xalq og`zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy janr turi sifatida talqin qilinadi. Hayot haqiqati bilan bog`liq bo`lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan didaktik g`oyalar tashuvchi, xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo`g`rilgan og`zaki hikoyalar ertaklardir Ertaklarning muhim xususiyatlaridan biri uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan bog`lanib, insonlarga axloqiy va ma'naviy yo`ldosh bo`lib kelishidadir. Ertaklar sodda va tushunarli bo`lgani uchun har qanday kitobxonga tez yetib boradi. Ertaklarning bola tarbiyasidagi o`rni shundaki, u boladagi ro`stgo`ylik, halollik, yor- u, do`stga sadoqat, vatanga muhabbat, mehr- oqibat, mehnatsevarlik, ezgulikka intilish kabi barcha ijobiy xislatlarning shakllanishiga turtki berib, birovning haqiga xiyonat qilishdan, dangasalik, va'daga vafosizlikdan, ilmsizlikdan va barcha insonni to`g`ri yo`ldan ozdiradigan yomon xulqlardan saqlaydi. Xalq og`zaki ijodida qalb muolajasiga doir bir nechaertaklar ham bor. Masalan: Uch og`a- ini botirlar ertagi. Ertakda insonlarni yaxshilikka yetaklash, yomonlikning oxiri voy bo`lishi haqida keltirilgan. Uch aka-ukani otalari to`g`ri bo`linlar, halol bo`linglar va rost so`zlang deb nasihat qiladi. Bu nasihatga kirgam aka-ukalarning hayot yo`li farovon kichadi. Shoh ularni kuyovlikka munosib ko`radi. Qalb muolajasi xalq og`zaki ijodida mqollarda ham keltirilgan. "Ko`ngli to`g`rining ishi to`g`ri" ushbu maqolda insonning qalbi, ko`ngli qanchalik to`g`ri bo`lsa uning hayot yo`li ham shunday bo`ladi degan ma'no yotibdi. Bizning hayot yo`limiz, har bir qilayotgan ishlarimizning mahsuli bu- aslida o`zimizga bog`liq. Insonning qalbi yovuzlik bilan birga ekan, u atrofdagilarga faqat yomon kayfiyat ulashadi. Bunday insonlardan odamlar tobora bezib, ulardan uzoqlashishga harakat qiladi.

1.2 Sharqona axloq va komil insonni tarbiyalash g`oyalarining G`arb adabiyotidagi talqini

Sharq adabiyotida "Komil inson" mavzusi keng miqyosda yozilgan va o`rganilgan mavzu hisoblanadi. Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya ko?rgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan o?lchangan. Markaziy Osiyo allomalarining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma'naviy qadriyatlarga bo`lgan e'tibor asosiy o`rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo`la oladigan hodisadir. Qadimgi faylasuflar-u donishmandlar axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Asrlar davomida axloq-odob mavzusida qanchadan-qancha kitoblar, hikmatnomalar, odobnomalar, pandnomalar va nasihatnomalar, ibratli hikmat-u rivoyatlar yaratilgan. Xalq og`zaki ijodi xazinalarida axloq-odobga doir bebaho fikr javohirlari borki, ularning hammasini hisoblab-hisobiga, ta'riflab-ta'rifiga yetib bo`lmaydi. Muqaddas Qur'oni Karimda va payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o`z ifodasini topgan. Inson ahloqi aqlga, hulq va hatti-harakati esa ilm-fanni o`rganishga va ma'rifatga asoslangandagina ma'naviy kamolotga erishadi. Mutafakkir allomalarning fikricha, insonparvarlik g`oyalarining amalga oshishi, ma'naviy barkamollikka erishuv chuqur bilim olish va ma'rifatli bo`lishga bog`liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida ulug`laydilar, jamiyatning barcha a'zolarini ilm egallashga chaqiradilar, ilmning inson ma'naviy hayotda tutgan o`rnini yuqori baholaydilar. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan tartib, odob, o`zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir. Axloqiy tarbiya ham ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiya asosini shahsni ijtimoiy ahloqiy me'yorlardan habardor etish tashkil qiladi. Axloq (lot. "moralis" - hulq-atvor ma'nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllarida biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs hatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan tartib, odob, o`zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sifatida aks etadi. Qur'oni Karim va Hadisi Shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'ana va qadriyatlar mazmunida o`z ifodasiga ega bo`lgan. Sharq mutafakkirlari Muhammad al Horazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al Farg`oniy, Imom Ismoil al-Buhoriy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Nahshband, Amir Temur, Muhammad Tarag`ay Ulug`bek, Abdurahmon Jomiy, Sa'diy Sheroziy Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalarning axloq haqidagi qarashlari bugungi kunda ham o`z ifodasini topgan. Imom Ismoil al-Buhoriy "Axloqning yahshi bo`lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga hiyonat qilmaslik - mana shu to`rt hislatni Olloh Taolo senga bergan bo`lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo`lsang ham, zarari yo`qdir", degan edi. Demak, axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo`g`in, insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammalikka erishtiruvchi vosita hisoblanadi. Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, axloqiy tarbiya insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir omildir. Yahshi hulqlarning yaxshiligi, yomon hulqlarning yomonligini dadil va misollar bilan bayon qiladurg`on kitobdir.

Xuddi shu ma'noda axloq kishining hulq-atvori, e'tiqod-iymoni, yurish turishi, fikr-mulohazalari, mushohada va muloqotida namoyon bo`ladi. Axloqli inson o`zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo`ladi. Suhbatdoshning ko`ngliga qarab gapiradi, kishining dilini og`ritmaydi, muloqot odobiga rioya qiladi. Axloq kishilarning hulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning o`z-o`ziga boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o`z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning shakllaridan biridir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatida avlodlar tomonidan to`plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Axloq ilmiy yaxshilik bilan yomonlik o`rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo`lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo`lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini o`rganish, bilish, tahlil qilish g`oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog`liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yahshi hislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e'tiqod kabilar mujassam bo`ladi, ayni paytda shu hislatlarning aksi-beburd, ahloqsiz kimsalar fe'lida ko`rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro`-shuhrati kishilarning axloq -odobi, yaxshi hislat fazilatlari bilan belgilanadi.

Avloniyning fikricha, odam tug?ilishidan yomon xulq bilan tug?ilmaydi. Muayyan bir sharoitda yomon tarbiya natijasida ularda yomon xulq paydo bo?ladi va shakllanib boradi. Insondagi qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan amalga oshadi. Agar inson yaxshi tarbiya topib, yomon xulqlardan saqlansa, go?zal xulqlarga odatlanib, voyaga yetsa, u barchaning hurmati va e?tiboriga sazavor bo?ladi. Aksincha bo?lsa, har qanday buzuq ishlarni qiladigan, nodon, johil, yovuz bir odam bo?lib yetishadi. Sharq allomalaridan Farobiyning ham "Komil Inson" va komillikka yetaklovchi yo`l haqida o`zining qarashlari bor. Forobiy pedagogik qarashlarini, ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini o`rganishda inson hislatlari to`g`risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Farobiy o`zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, moddiy va ma'naviy olamini o`rganishga ahamiyat beradi. Insonning botiniy dunyosi ya'ni ichki dunyosi go`zal bo`lishi lozim. Chunki komillik insonning ichki dunyosidan boshlanadi.

Farobiy ta'limotiga, inson barcha boshqa jismlarda bo`lmagan qobiliyat va kuchga-ruhiy quvvatga-aql va so`zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo`lish imkoniyatini berganligi namoyon bo`ladi. Farobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma'rifatli qilish uchun hizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi. Farobiy o`zining "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Fanlarning tasnifi", "Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati" kabi ko`plab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilmma'rifatga bog`liqligini ta'kidlaydi.

Sharq allomalari orasida komillka intilish, insonlarni komillikka yetaklash g`oyasi juda ko`p uchraydi. Komillilkka yetaklovchi yo`l bu- qalbdir. Agar insonning ruhi, qalbi, ko`ngli g`arazliklardan poklangan bo`lmasa, u komillikka erisha olmaydi. Insonning qalbi pok bo`lsa, uning ko`ngli ham to`g`ri bo`ladi. Komillikka yetaklovchi qalb pokligidan keying yo`l, albatta bu-ilmdir. Ilm nafaqat insonning o`ziga balki yon atrofiga ham ulkan foyda keltirishi mumkin. Sharq adabiyotida yoshlikdan bolaga ilm berish va xalqqa nafi tegadigan qilib tarbiya qilish an'anaga aylangan. Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o`rganishning kaliti ekanligini alohida ta'kidlaydi. Ilm-ma'rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. "Ilmning foydasi ochko`zlik bilan oltin-kumush to`plash uchun bo`lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo`lishdir". Umuman, Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muhlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma'rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta'lim-tarbiyaga doir she'r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o`z qalbining farmoyishiga ko`ra hayr-ezgulikka intilishi, sun'iy obro`, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko`rsatmasligi kerakligini ta'kidlaydi.

O`zbek mumtoz adabiyotida "Qutadg`u bilig" ning o`rni alohida joy egallaydi. bu asarda "Komil inson" ni tarbiyalash g`oyalari ilgari surilgan. Asar shu jihati bilan ham bebaho hisoblanadi. Yusuf Xos Xojib ijodining bosh masalalaridan biri - komil insonni tarbiyalashdir. Adib o`z asarlarida eng komil, jamiyatning o`sha davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday tasavvur qilgan bo`lsa, shu asosda u o`z tamoyillarini izchil bayon etadi. "Qutadg`u bilig" ("Saodatga yo`llovchi") asari ta`lim va tarbiya, ma`naviy kamolotning yo`l-yuriqlarini, usullarini, chora tadbirlarini o`zida mujassamlashtirgan, ahloq va odobga doir ma`naviy manbadir.

Yusuf Hos Hojibning "Qutadg`u bilig" asarida aqliy, ahloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug`laydi. Uning fikricha, insonning ulug`ligi aql-idroki, so`zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir.

Adib o`quv va bilimni farqlaydi: o`quv tug`ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o`qish-o`rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o`zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:

Zakovat qaerda bo`lsa, ulug`lik bo`ladi,

Bilim kimda bo`lsa, buyuklik oladi.

Zakovatli uqadi, bilimli biladi,

Bilimli, zakovatli tilakka etadi.

Yusuf Hos Hojib ta'lim va tarbiyaning uzviy bog`liq holda bo`lishini tavsiya etadi, o`g`il bolalarning bir necha san'at turlarini va hunarlarni tugal o`rganmog`i lozimligini ta'kidlaydi, bu-ularning kelajak hayotlari, jamiyat rivoji uchun zarurligini aytadi.

Alloma farzandlarga turli bilim va hunarlar o`rgatilmog`i kerakligini aytib, ularni go`zal axloqli qilib, voyaga yetkazishni ota-onalarga maslahat beradi: Hudo kimga zakovat, aql, bilim bersa, U barcha orzularga qo`l uzatadi.

Kimning hulqi yahshi, fe'l-atvori to`g`ri bo`lsa, U tilagini topadi, kun va oy unga boqadi.

Yaxshi fe'l-atvor barcha ezguliklarga moyadir, hulq-atvor barchasi yahshi bo`lsa, ming-ming sevinch bo`ladi.

Umuman, Yusuf Hos Hojib "Qutadg`u bilig" dostonida til odobi, rostgo`ylik, poklik, kamtarlik sevgi va vafo, muruvvat, sabr-toqat kabi fazilatlar hususida qilgan Hikmatli pand-u nasihatlari bilan kishilarni, yoshlarni har bir ishda aql-idrokli, o`zgalarga g`amxo`r va mushfiq bo`lishi har bir ishni o`z o`rni va o`z vaqtida ado etishga da'vat etadi. Bir so`z bilan aytganda bugungi davr talabiga hamohang ravishda insonni komillikka hidoyat qiladi. Yusuf Xos Hojib "Qutadg`u bilig" dostonida hokim bilan xalq o`rtasidagi o`zaro munosabatlar masalasiga e'tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo`lsalar, barcha fuqarosi boyiydi, olam guliston bo`ladi. Shuningdek, "Hamma narsaning qoidasi, tartibi, ta'limi bor, tartib, odob qoidalarini to`g`ri tutsa, kishining yuzi yorug` bo`ladi", - deb ta'kidlaydi. O`tmishda ajdodlarimiz insonning psixologik qonuniyatlarini, ta'lim tarbiya masalalarini muayyan ilmiy yo`nalishda o`rganmagan bo`lsalar-da, biroq allomalarning qo`lyozmalarida mazkur holatlarning namoyon bo`lish, inson kamoloti borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi.

O`rta asrda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi, holatlari haqidagi qimmatli ma`lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi. Abu Ali ibn Sinoning axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo`lmish "Tib qonunlari", "Ash-shifo" va boshqa asarlarida ham o`z ifodasini topgan. Ibn Sino ta'limotiga ko`ra, odamga do`st tutinishning uch xil yo`li bor: "Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo`lishiga qaramay, kishi o`z do`stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g`oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo`lgan chinakam va doimiy do`stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o`zining shaxsiy manfaatini qondirish ko`zda tutilgan do`stlik bo`ladi", - deb ta'kidlaydi Ibn Sino.

Abu Ali ibn Sino etika va axloqiy tarbiya masalalarini falsafiy-pedagogik asosida yoritib berishga harakat qiladi. U ayniqsa, oila tarbiyasida ota-onaning o`rniga alohida to`xtalib: "Bola tug`ilgach, avvalo, ota unga yahshi nom qo`yishi, so`ngra esa uni yahshilab tarbiyalashi kerak", deb maslahat beradi. Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning bosh mezoni sifatida bilimli bo?lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo?lishi esa uning yanada yuksalishini ta?minlaydi, deya baholab, adolat ruhiy xotirjamlikning muhim ko?rsatkichi ekanligini uqtiradi. Bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy, aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirish, uni chin inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi.

Ibn Sino oilada bolani ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg`u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o`rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug`laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo`lgan salbiy ta'sirini ko`rsatib beradi.

Al-Xorazmiy esa insonning hulq-atvori, hatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina mukammal shakllanishi mumkin, degan g`oyani ilgari suradi.

Alisher Navoiy nazdida ta'ma aralashgan yahshilik hikmat, himmat insonning ma'naviy hissiyotiga salbiy ta'sir etuvchi holatdir. Ta'masiz yahshilik qilish bu sahiylikdir. Odamgarchilikning eng yuksak belgisi sahiylik va himmatdir. Yuksak insoniylikning o`lchovi bu vijdon hisoblanadi. Shu boisdan, Sharq mutafakkirlari vijdon pokligi, oila, ota-ona, halq, farzand burchi haqida olg`a surilgan g`oyalarning asosini insonparvarlik tashkil etadi. Chunonchi, ota-ona farzandlarning o`zaro munosabati, burchi ma'naviy qadriyatlarning oltin kalitidir. Alisher Navoiy bu haqda quyidagicha fikrlaydi:

"Boshni fido ayla ato qoshig`a,

Jismni qil sadqa ano boshig`a.

Ikki jahoningga tilarsan fazo-

Hosil et ushbu ikkisidan rizo.

Tun-kuningga aylagali nur fosh,

Birini oy angla, birisin quyosh.

So`zlaridin chekma qalam tashqari,

Hatlaridin qo`yma qadam tashqari".

Sharq mutafakkirlari didaktik xarakterdagi ilmiy asarlarida ma'naviy madaniyatni shakllantirishning shakl, usul va vositalarini qorishiq holda bayon etdilar. Chunki o`rta asr pedagogik fikrlar nazariyasi va amaliyoti tarbiyaning lisoniy shakl va usullariga tayangan. Ta'lim-tarbiya berishning vositasi esa amaliyot bo`lib hisoblangan edi. Bu qoida ayniqsa, Ibn Sinoning tibbiy risolalarida, urjuzalarida, "Donishnoma" asarida, Kaykovusning "Qobusnoma", Yusuf Hos Hojibning "Qutadg`u bilig", Sa'diyning "Guliston", "Bo`ston", Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror", "Mahbub ul-qulub" asarlariga bevosita taalluqlidir.

Mutafakkir olimlar yuksak ma'naviy fazilatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin etdilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma'naviy omillarni yuksak baholaydilar. Ular "Fozil jamoa", "Fozil shahar", komil insonni shakllantirishning asosi ma'naviy omillarga bog`liq degan g`oyani ilgari surdilar.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim-tarbiya jarayonida o`tmish merosimiz Sharq allomalarining bebaho asarlaridan to`g`ri foydalana olish, nafaqat milliy qadriyatlarimiz va ma'naviyatimizni yuksaltiradi, balki komil inson shaxsini shakllantirishda ham muhim hissa qo`shadi. Chunki inson hayoti davomida qadrlanib, rivojlantirilib kelayotgan nazariy va amaliy sayqal topgan yahshilik, adolat, do`stlik, tinchlik, tenglik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, ota-ona, keksalarga hurmat, iymon, e'tiqod, ustoz va shogird va boshqa umuminsoniy fazilatlar keyinchalik milliy qadriyatlarning asosiy tarkibiy qismlariga aylanib qolgan.

Insonning jamiyatga bo`lgan munosabatini shakllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg`otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo`lgan munosabatini yuqori pog`onaga ko`tarishdir. Imon va insof, so`z va ish birligi, insonparvarlik - yangi ko`rilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo`lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas'uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim. Ta'lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shakllantirish va rivojlantirish asosiy o`rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e'tibor kuchaydi. Haqiqatan ham, bugungi kunda O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash va kelajakda istiqlol istiqbolini rivojlantirish, avvalo komil insonlarga bog`liq. Komil inson O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda o`z e'tiqodi, g`ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadi. Komil insonni shakllantirishda maktabda, oilada, sog`lom ma'naviy muhit barqaror bo`lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog`lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi.

Ota-onalar o`z farzandlarini komil insonlar qilib tarbiyalashi, ularda Vatanga muhabbat, mehnati va fidoyiligi bilan o`zgalarga foyda keltirish, sadoqat, samimiylik kabi xislatlarni kamol toptirishga xizmat qiladi. Farzandlarimizning bunday insonlar bo`lishida oilaning totuvligi, ota-onaning o`zaro mehr-muhabbati ham samarali ta'sir ko`rsatadi. Kishi o`z hayotida ahloqiy kamolotga qanchalik ko`p intilsa, shunchalik o`z xato-kamchiliklarini anglab boradi.

Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an'analarga ega. Axloqqa oid dastlabki fikrlar "Avesto" kitobida, qadimgi bitiklarda va boshqa yozma manbalarda o`z ifodasini topgan. Bulardan tashqari, o`zbek xalqi o`rtasida keng tarqalgan pandnomalar, o`gitlar va odobnomalarda, xalq pedagogikasida, falsafiy risolalarida, allomalar merosida ahloqiy masalalarga keng o`rin berilgan.

Hadisi shariflardagi ahloqqa oid ibratli, maslahatlar, hikoyatlar, asrlar davomida ajdodlarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, an'analar Beruniy, Forobiy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Navoiy, Bobur singari buyuk allomalar, olimlar, yozuvchilarning ahloq haqidagi ko`plab fikr-mulohazalari bugungi kunda ham oilaviy hayot uchun, har bir inson uchun qadr-qimmatini yo`qotmagan muhim tarbiyaviy ahamiyatga molikdir. Jumladan, Amir Temur axloqi husniya - yaxshi xulqlar egasi bo`lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka yo`l qo`ymagan, balki yetti o`lchab bir kesgan. Ismoil Al-Buxoriy "Axloqning yaxshi bo`lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik shart, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo`lsang ham zarari yo`qdir", - deb yozadi. O`rta Osiyo mutafakkirlarining axloq haqidagi fikrlari, o`gitlari shunday kuchga egaki, ular o`quvchilar qalbida insoniylik urug`larining unib chiqishiga, katta hayot yo`liga olib chiqishga yordam qiladi, ma'naviy kuch-quvvat beradi. Jumladan, Abu Nasr Farobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog`liq bo`lgan psixologik, fiziologik pedagogik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o`zaro uzviy bog`liq bo`lgan qismlardan iborat, deb aytadi. Farobiy mavjudotni bo`lishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma`naviyligi, ruhi, intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urfodatlari, ma`lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi, inson o`z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli bo`ladi, deb ta`kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy ta`lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari va mavqei, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlar chin ma`noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg`unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta`kidlaydi. Beruniy ta`lim jarayonining tabiatiga chuqur kirib borib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o`qitish tabiatga uyg`unligini uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta`lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo`lgan.

Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", "Xirandnomai Iskandari", "Tuhfatul ahror" va boshqa asarlarida ilm-ma`rifat. ta`lim-tarbiya, kasb- hunar o`rganish, inson ijobiy fazilatlari haqidagi fikrlari ifodalangan.

Alisher Navoiyning "Xazoyinul maoniy", "Mahbubul qulub" va boshqa shu singari asarlarida etuk, barkamol insonning ahloqi, ma`naviyati, o`zgalarga munosabati, iste`dodi va qobiliyati to`g`risida qimmatli mulohazalar yuritilgan. Ana shu psixologik mezonlar ijtimoiy adolatning qaror topishi uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta`kidlangan. Shuningdek, Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllanishida ota-onaning roli, ayollarning iffatliligi, kishilarning kamtarligi haqidagi fikr-mulohazalari alohida o`rin egallaydi. Navoiy "Xamsa" sining har bir dostonida bukilmas iroda, qat`iyatlilik, itoat, insonparvarlik tuyg`ulari, ijodiy xayolot, insonning murakkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Shuningdek, bu borada Mashmud Qoshg`ariy, Ulug`bek, Naqshbandiy, Ogahiy singari buyuk harq mutafakkirlarining yoshlar tarbiyasiga, o`qituvchi, tarbiyachining jamiyatdagi o`rni, axloq-odob, fe`l-atvor, oilaviy hayot, kishilararo munosabatlarga doir qarashlari ularning asarlarida ravon va ixcham bayon etilganligini ta`kidlash mumkin. Muhammad alayhissalom o`z hadislarida; "Ilmga ilm olmoq yo`li bilan erishilgaydir. Ilmu hunarni Xitoyga borib bo`lsa ham o`rganinglar. Ilm egallang. Ilm sahroda do`st, hayot yo`llarida tayanch, yolg`iz damlarda yo`ldosh baxtsiz daqiqalarda rahbar, qayg`uli onlarda madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashishda quroldir" deydi. Shuningdek, hadisi Sharifda "Ilm olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir" deydilar.

"Komil inson" mavzusi Alisher Navoiyning asarlarida juda ko`p uchraydi. Farhod va Shirin dostonida, Farhod- komil inson hisoblanadi. Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o?rinni egallaydi va o?z orzusidagi yetuk shaxsni asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. U komil inson aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, qobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, adolatli, muruvvatli, sog?lom, jismonan baquvvat, mard va jasur bo?lishi lozimligini ta?kidlaydi. Shuningdek, ilm o?rganish mashaqqatli yumush bo?lib, uni o?rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o?tishga to?g?ri kelishi, bu yo?lda chidamli, qanoatli, bardoshli bo?lish orqaligina mukammal bilimga ega bo?lish mumkinligini uqtiradi. Alisher Navoiy o`zining "Farhod va Shirin" dostonidan Farhodning aql-u idrokli, bilimdon, hunarmand, kamtar, insonparvar, irodali va e'tiqodli bo`lganligini tasvirlaydi.

Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o`z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g`oyani ilgari surgan edilar. Ular o`z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat ma'nfaatlari bilan bog`liq deb isbotlamoq chi bo`lganlar. Shunga ko`ra bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug`ullanishi kerak, degan g`oya ilgari surilgan. Ammo, sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug`ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar.

Eramizdan avvalgi 528-529-yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidanyaratilgan "Avesto" kitobida ham ta'lim-tarbiyaga, axloq -odobga oid qator g`oya va qarashlarni ko`rish mumkin. "Avesto" da ta'kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir yoshni yahshi o`qish va yozishga o`rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko`chati o`tkazishga, uy-ro`zg`or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug`ullanishga o`rgatilishi shart. Zotan uning fikricha yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi mehnat qilishi zarur, o`z qo`llari bilan moddiy noz-ne'matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham yetmaydi.

U yuqoridagi fikrni davom ettirib, "Inson nafaqat mehnati tufayli o`zini va oilasini boqadi, balki unda yerga va yurtga bo`lgan muhabbati ham paydo bo`ladi. Zotan har bir inson o`zi o`sib ulg`aygan zaminni, mamlakatni eng yazshi va go`zal mamlakat deb tushunmog`i kerak". Uning bu fikrlaridan har bir inson faqat o`zining emas balki farzandlarini ham mehnatsevar qilib tarbiyalashi lozim. Chunki mehnatsevar bo`lmasdan turib, o`z yerini, o`z Vatanini seva olmasligi tabiiy.

Qur'oni Karim, hadisi Shariflarda oila va oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud bo`lib, u o`z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni g`amrab oladi. Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o`rtacha qo`yilsada ular kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari talabidan kelib chiq ganligi uchun ham kundalik turmushga muvofiq dir. Islomda oilaviy tarbiyaning o`ziga hos hususiyatlari ham ko`rsatib o`tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan kelib chiqqan bo`lib, insonni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash haqidaga umumiy g`oya bilan bog`liq. Shunga ko`ra, islom musulmonlariga xos bo`lgan diniy qadriyatgina bo`lib qolmasdan, balki umuminsoniy qadriyatdir. Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya haq idagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig`ida shakllangan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g`oyalar islomiy ma'naviyat bilan hamohangdir.


Подобные документы

  • "Благополучные" и "неблагополучные" семьи в русской литературе. Дворянская семья и ее различные социокультурные модификации в русской классической литературе. Анализ проблем материнского и отцовского воспитания в произведениях русских писателей.

    дипломная работа [132,9 K], добавлен 02.06.2017

  • Воплощение темы сиротства в русской классической литературе и литературе XX века. Проблема сиротства в сегодняшнем мире. Отражение судеб сирот в сказках. Беспризорники в годы становления советской власти. Сиротство детей во Вторую мировую войну.

    реферат [31,2 K], добавлен 18.06.2011

  • Интерпретация проблемы террора в "классической" исторической литературе. Политическая история Французской революции XVIII в. Марксистская историография о феномене террора во Французской революции XVIII в. Последние работы, посвященные проблеме террора.

    дипломная работа [164,0 K], добавлен 03.05.2016

  • Феномен безумия – сквозная тема в литературе. Изменение интерпретации темы безумия в литературе первой половины XIX века. Десакрализации безумия в результате развития научной психиатрии и перехода в литературе от романтизма к реализму. Принцип двоемирия.

    статья [21,9 K], добавлен 21.01.2009

  • Рассмотрение культурных парадигм различных эпох и их отражение в литературе: красочные аллегории в "Одиссее" Гомера; жизнь как путь к Небесным Вратам - "Путь паломника" Дж. Баньяна; проблема человека в романах "Театр" С. Моэма и "Алхимик" П. Коэльо.

    реферат [21,4 K], добавлен 07.05.2012

  • Сочинения по древнерусской литературе ("Слове о полку Игореве"), литературе 18 в.: анализ оды М.В. Ломоносова и стихотворения Г.Р. Державина, литературе 19 в. - по произведениям В.А. Жуковского, А.С. Грибоедова, А.С. Пушкина, М.Ю. Лермонтова, Н.В. Гоголя.

    книга [127,4 K], добавлен 23.11.2010

  • Социальные потрясения в жизни народов Западной Европы в XVIII веке, их отражение в литературе того времени. Эпоха просвещения и ее эстетические принципы. Место сентиментализма в европейской литературе XVIII столетия, его представители и произведения.

    реферат [14,6 K], добавлен 23.07.2009

  • Апокалипсис и его отражение в эсхатологии и литературе. Отражение апокалиптических сюжетов в русской литературе XIX-XX веков. Роль апокалиптических мотивов памяти в прозе А. Солженицына, православное восприятие жизни в условиях тоталитарного режима.

    курсовая работа [61,7 K], добавлен 30.08.2014

  • Дефиниция "очищения", применимая к литературе. Особенности и установки катарсиса в прозаических произведениях. Особенности "очистительных схем" новелл и рассказов. Различия катарсических схем и установок в классической и неклассической литературе.

    автореферат [36,9 K], добавлен 24.05.2010

  • Символическое значение триады: песок, песочные часы, пустыня. Их отражение в библейских текстах и художественной литературе. Экзистенциальная трактовка романа: песок как бытие чуждое человеку. Топос пустыни в контексте пространственной символики романа.

    дипломная работа [94,8 K], добавлен 08.10.2017

Работы в архивах красиво оформлены согласно требованиям ВУЗов и содержат рисунки, диаграммы, формулы и т.д.
PPT, PPTX и PDF-файлы представлены только в архивах.
Рекомендуем скачать работу.