Интерпретация обращения с сердцем в эпосе и литературе

Отражение проблемы лечения сердца в узбекской классической литературе и фольклоре. Интерпретация восточной морали и идея воспитания идеального человека в западной литературе. Эпос Хайрат уль-аброр и его отражение в современной литературе (Прощение раба).

Рубрика Литература
Вид дипломная работа
Язык узбекский
Дата добавления 06.06.2021
Размер файла 113,0 K

Отправить свою хорошую работу в базу знаний просто. Используйте форму, расположенную ниже

Студенты, аспиранты, молодые ученые, использующие базу знаний в своей учебе и работе, будут вам очень благодарны.

Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarini insonning tabiati bilan bog`laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko`ra bola tarbiyasida ota-ona ta'siri va namunali benihoya kattadir. Masalan u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Jafar tilidan shunday deb yozadi: "Rashkdan saqlangin. U taloq ning kalitidir. eringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta'qiqlayman. Chunki tanbeh nafrat uyg`otadi. o`zingni bezab yurgin. Buning uchun yahshi vosita surmadir. Yana hushbo`y atirlardan foydalangin. Ularning ichida eng yahshisi suvdir". Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta'luq lidir. Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o`rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblilik mavjud ekan, u erda ma'naviy poklik ham bo`ladi. Bu fikrnitanani toza tutish bilangina cheklab bo`lmaydi, balki ko`p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to`g`risidagi g`oya bilan bog`liqdir. Bu narsa bola tarbiyasi jismoniy sog`lomlik bilan ma'naviy-ahloqiy boylik o`rtasidagi o`zaro muvofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo`'tadillikda saq lashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g`azablanishdan, qo`rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha hulqlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola-hulq atvorining mo``tadilligi natijasida tan va ruh sog`lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi. Beruniy bola tarbiyasida irsiyat muhit va tarbiya ta'sirini birdek muhim ekanligini ta'kidlab o`tgan edi. Beruniy axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan holda yondoshadi. Axloqiylik yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash natijasida namoyon bo`ladi va shakllanadi. Uning bu fikri o`z davri uchun yangi va ilmiy bashorat edi.

G`arb adabiyotida komillikka eltuvchi yo`l, qalbning tozalanishi talqini Lev Tolstoyning asarlarida ko`rishimiz mumkin. Adibning Tirilish romani shular jumlasidandir. Roman nomi ham asar syujeti, unda nihoyatda kamayib ketayotgan insoniy tuyg`ular: vijdon, rahmdillilik, iymon, e'tiqod masalalari aks etgan. Romanning nomi ham insonni o`ylantirib qo`yadi. Nega aynan "Tirilish" ?! ba'zan insonlar hayotda shunchaki yashab o`tadilar. Hech narsani sezmay, his qilmay, qadriga yetmay. Tolstoyning bu asari insonlarni chuqur o`ylashga da'vat etadi. Bu asar Tolstoyning umrining so`ngi yillarida yozilgan. Balki shuning uvhun ham asarga "Tirilish" deb nom berilgandir. Inson tug`ulib, yashab, yana qayta tirilishi mumkinmi? Bu romanda insonning botiniy dunyosi ya'ni ichki dunyosi uyg`onadi. Asar qahramoni Nexlyudov_- knyaz, katta yer egasi, hamda merosxo`r. u yozgi ta'tillardan birida, ammasining uyiga kelib dam oladi vas hu yerda oqsoch hamda yetim qiz bilan ishqiy munosabatda bo`ladi. Maslova uni qattiq sevib qolgan edi lekin bu knyazni umuman qiziqtirmaydi. U shunchaki ko`ngilxushlik uchun qiz bilan ishq o`yinlarii o`ynab jo`nab ketadi. Maslovaning hayoti ostun-ustun bo`ladi. U endi odamlarning yaxshiligiga umuman ishinmay qo`yadi, hayotidagi chiroq- umid chirog`i butkul o`chadi. U tubanlikka yuz tutadi. Asarning kulminatsion nuqtasi sud zalida Nexlyudov Maslovani uchratishi bilan boshlanadi. Nexlyudov Maslovani juda ayanchli ahvolda ko`radi. Maslova qotillik tufayli qamoqqa olingan edi. Nexlyudov barcha ishlarning bosh sababchisi o`zi ekanligini his qiladi. Va unda yillar davomida o`lib yotgan va umuman uyg`onmagan tuyg`u- vijdon azobi uyg`onadi. Shu tariqa asar qahramonida qalb muolajasi boshlanadi. Nexludov endi Maslovaning oldida o`zini aybdor his qiladi. Unga qay taraflama yordam berish haqida o`ylaydi. Qamoq hayoti unda bevosita yashayotgan Katyusha va hibsdagilar uchun najot yo`lini izlagan Nexlyudov hayotida tub burilish yasaydi, "tirilish" - jismoniy ehtiyojlarga qurilgan, tizgini nafs qo`liga tutqazilgan hayotdan ma'naviy poklik, insoniy oliyjanoblikka o`tish jarayoni boshlanadi. Nexlyudov sekin-asta yerlarini ham dehqonlarga bera boshlaydi, merosdan, kibor xonimlarga uylanish fikridan qaytadi. Uzoq yillar oldin qilgan xatosini to`g`rilamoqchi bo`lib Maslovaga uylanmoqchi bo`ladi. U Maslovani bu tubanlikdan qutqarmoqchi bo`ladi. Vas hu yo`la u Maslovaning qamoqdagi bir necha dugonalarining ishlarini hal qilib beradi. Asardagi bosh g`oya inson qancha yashagani muhim emas, balki qanday yashagani muhimdir degan g`oyani ilgari suradi. Nexlyudovning Maslovaga yordam berish yo`lidagi voqealar, bir necha qishloqlarga borib, oddiy aholining qay tarzda yashayotgani hamda ularning qiynalib soliq to`layotgani uni azoblantiradi. Shu tariqa uning ichki olamida o`zgarishlar bo`ladi. Endi u qo`lidan kelgancha insonlarga yaxshilik qilishga harakat qila boshlaydi. Odatiylik, o`zi ko`nikkan qobiqqa ko`nikib yashash, komfort zonasidan chiqa olmaslik, hayotdan qoniqish his qilib yoki qoniqayotgandek o`zini ko`rsatib yashash oson, lekin bu o`limga olib boradi, ruhiy tanazzulga yetaklaydi.

Nexlyudovning ta'biricha, har kimning ichida bir qumursqa bor - bu asl "men". U ba'zida g`imirlab, to`g`ri gapni aytib turadi, lekin biz shahvoniyatga shunchalar qulmizki, bu qumursqani eshitib-eshitmaganlikka olamiz, ovozini o`chirishni istaymiz. Vaholanki, bu qumursqani uyg`otish, qayta mudrashiga izn bermaslik kerak. Asl tirilish, inqilob shunday ro`y beradi. Nexlyudovning qalbi tarbiyalana boshlaydi, Nexlyudov o`z umrida, uning ta'biricha, bir necha bor "qalbini pokizalab olgan" edi. Ba'zan, oradan anchagina vaqt o`tgach, u ma'naviy hayoti susayib yoki turg`unlikka uchrab qolganini his etar va ko`nglida yig`ilib qolgan bu turg`unlikka sabab bo`lgan barcha iflosliklarni tozalay boshlardi. Ana shunday ahvolni "qalbni pokizalash" deb atardi. Garchi u o`ttiz yoshdan o`tgan bo`lsada asarning g`oyasida "Inson nechi yoshda bo`lmasin, agar uning qalbi nopok bo`lsa tarbiyalanishga muhtojdir" g`oya yotadi. Romanni Lev Nikolayevich o`z ana'anasiga sodiq qolgan holda "tolstoycha" uslubda yakunlaydi. Yana dinga, Parvardigorning kitobiga murojaat qiladi. Nexlyudov hayotidagi barcha adolatsizlik, yo`ldan ozishlarning zamiri nimadaligiga dindan javob topadi. Insonning hayotidagi asosiy omil bu- iymon, qalb pokligi ekanligini, hamma javoblar asrlar avval berilganini, lekin insoniyat oyatlarni xom-xatala chaynab, yutib-yutolmayotganini isbotlaydi. Agar hammasi dinda tasvirlanganidek bo`lganida hayot gullab-yashnardi. Qaysi din ekanligi esa muhim emas. Zero din ko`p, ruh esa bitta... Odam bolasi bu yorug` olamda ezgulik qilish uchun yaratilgan. Shunga ko`ra uni tarbiyalashdan maqsad uning ongiga odamlar uchun yahshilik qilish tuyg`usini singdirishdan iborat. Bu olijanob vazifani bajarish esa ota-onaning zimmasidadir. Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri Unsurul maoliy Kaykovusning "Qobusnoma" sidir. Bu asar Sharq pedagogik fikr taraqqiyotida muhim o`rinni egallaydi va qanchadan-qancha avlodlarni ma'naviy-ahloq iy tarbiyalashda o`z hissasini qo`shib kelmoq da. "Qobusnoma" falsafiy didaktik asar bo`lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o`z ichiga oladi.

Ushbu bobdagi kuzatuvlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:

1. O`zbek mumtozi adabiyotida va folklorida qalb muolajasiga doir masalalar necha yillardan buyon turli xil dostonlar, xalq qo`shiqlari va ertaklar asosida bayon qilinib kelmoqda. Qalb muolajasi, qalbni yaxshilik sari yetaklashda xalq og`zaki ijodining o`rni beqiyosdir. Qalb masalasi oz'bek adabiyotida murakkab mavzulardan biridir. Chunki inson qalbining yomonligini yaxshilik bilan yengish uzoq yillardan beri ko`tarilib kelayotgan masladir. Xalq og`zaki ijodida qalb masalasi asosan ertak va dostonlarda uchraydi. Qalbni davolash, uni yaxshilikka oshno qilish, bir necha xalq ertaklarida keltirilgan.

2. Sharqona axloq- sharq xalqlari orasida bola tarbiyasi bilan bog`liq hamda uning o`sishi uchun muhim rol o`ynaydigan bir holatdir. Sharqona axloq masalasi komil inson masalasi bilan o`zar bog`liqdir. Komil insonni tarbiyalash g`oyalari necha asrlardan buyon sharq va g`arb adabiyotida eng murakkab mavzudir. G`arb mutafakkirlarining fikricha komil insonni tarbiyalashda, uning bolalik chog`laridan boshlagan ma'qulroqdir. Chunki bolaning boshidan go`zal tarbiya topganligi uning ertaga komil inson bo`lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Komillik sari birinchi qadam- albatta bu axloqdir. Axloqsiz inson hech qachon komillikka erisholmaydi. Insonning odobi bo`lmas ekan, uning olgan bilimlari va ko`nikmalari o`z ahamiyatini yo`qotadi.

3. "Komil inson" tushunchasi o`zbek adabiyotida Alisher Navoiyning asarlarida uchraydi. Navoiyning fikricha- komil inson yaxshi tarbiya topgan, axloqli, qalbi yovuzliklardan, nafratdan, ginachilikdan va hasaddan holi insonlarga aytiladi deydi. Qalbni poklamasdan turib, inson komillikka erisha olmaydi. Chunki insonning ichida yomonlik bor ekan, u komillik yo`lidagi o`qib0o`rganisg, ilm mashaqqati, insonlarga muloyim munosabatda bo`lishga sabr qilolmaydi.

4. Necha asrlardan buyon davom etayotgan bu jarayon: yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash, tahlil qilinib kelmoqda. O`zbek xalqida " Bola yomon bo`lib tug`ilmaydi, uning yuragi va qalbining qorayishiga muhit ham sababchidir" deydi. Insonlardagi bunday noto`g`ri muhitda shakllangan ongni to`g`irlash uchun bizga xalq og`zaki ijodi va o`zbek adabiyoti yordamga keladi. Bu o`rinda ularning o`rni beqiyosdir. Qalbning qorayishining sababini qidirib, uni shu sabablarga ko`ra davolash ham mumkin.

5. Insonning qalbi hamma zamonlarda ham adabiyotning murakkab va bosh mavzusi bo`lib kelgan. Butun adabiyot tarixini inson haqidagi fikriy-g`oyaviy qarash, insonni tasvirlash, inson mohiyatini kasb eta boorish tarixi deb atasa bo`ladi. Inson qalbi necha ming yillrdan beri o`rganilayotgam mavzudir. O`zi u bormi? Yoki mavhummi? Insonning qalbi barcha tana a'zolaridan yuqorida turiv, uning ichida sirlar yashirilgandir. Qalbda inson eng ezgu hislarni o`zi bilan olib yuradi. Olloh raola ham insonni yaratar ekan, qalbida o`zi uchun joy ajratib, uni taxt deb ataydi.

" Ko`ngil tangrining taxti, Tangri ko`ngilga boqdi" Jaloliddin Rumiy. "Ichindag ichindadir" 2017 y

Demak Olloh barchaning qalbida bor, eng yomon inson ham qalbda ollohni olib yurushi mumkin. Insonning qalbini yaxshi amal bilan davolash, inson qalbidagi yovuzliklar, undagi qusurlarni yaxshi amallar bilan ifodalash mumkin. Qalbning davolanish jarayonidagi o`zgarishlarni badiiy asarlarda, dostonlarda, hikoyatlarda kuzatishimiz mumkin. Insondagi bu holatlar ijobiy tarafga o`zgarayotganligi albatta quvonarli. Xalq dostonlarida bunday holatlar juda ko`p uchraydi. Masalan: alpomish dostonida, Qorajonning tushiga pirlar kirib, uning Alpomishga do`st tutunishini qalbiga solidi. Qorajon shundan keyin Alpomish bilan qiyomatli do`st bo`ladi. Alpomishning qalb ko`zini shon-shuhrat, manmanlik ko`r qilgan edi. U makr- xiyla sababli chohga tushib ketadi va o`sha chohda qalbini qaytadan davolaydi. U barcha qilgan ishlari, bu yurtga nega kelganligi va qo`ng`irot elini qaytadan birlashtirishi kerakligi haqida o`ylab qoladi. Dostondagi "tutqunlik" motivi ham qalbni tarbiyalashga hizmat qiladi.

2. Bob Alisher navoiy. Hayrat ul-abror dostonida qalb muolajasi talqini va zamonaviy adabiyotda (g`afur g`ulom) aks etishi

2.1 Hayrat ul-abror umumkonsepsiyasida qalb muolajasi masalasi (iymon, tavba, sabr)

Alisher Navoiyning asarlarida inson qalbidagi his tuyg`ular, kechinmalar ajoyib tarzda aks etadi. Navoiyning asarlarida yaxshilik, sabr, iymon tavba, odob haqida ko`p hikoyatlar keltirilgan. Badiiy adabiyotda Alisher Navoiyning ijodi alohida ahamiyat kasb etadi.,,Hayrat ul-abror " asarini sehrli ko`zgu deyish mumkin. Uni o`qigan kitobxon go`yo sehrli oynaga boqadi va o`zidagi yomon illatlarni ko`radi. Navoiyning bu asarida inson o`zidagi salbiy jihatlarni ko`rib, uni tuzatishga, yaxshi tarafga o`zgarishga harakat qiladi. Asarning birinchi maqolati omon haqida. "Kimki bu jahonga inson bo`lib kelgan ekan, uning asosiy nishoni-belgisi imondir" deydi Navoiy. Imonning birinchi sharti bu- Alloh taoloning mavjudligini bilishdir. Hamma narsa mavjud, faqat Allohgina abadiydir, Imon - insoniylikning ustunidir. Imon keltirish bu ishonish demakdir. Insonning Allohga bo`lgan e'tiqodi rivojlana borgandan so`ng Alloh payg`ambarlarini odamlarga to`g`ri yo`l ko`rsatish uchun da'vat etib, ularni mo`jizalar bilan qo`llab quvvatladi. Mo`jiza-insonning qudrati yetmaydigan odatdan tashqari amal bo`lib, ularni ko`rgandan so`ngina payg`ambarlarning Allohning haqiqiy elchilari ekanligiga imon keltirishgan. Uchinchi - osmon kitoblari haqida ya'ni hayotingda neki bo`lmasin ollohning inoyati va sinovi deb qabul qilimoq lozimdir. Hayot bir dengiz kabi bo`lsa sabr oraqli uning tagidagi gavhar-u javohirlarga ega bo`lishing, Allohning marhamatiga erishishi mumkinligi haqidadir. To`rtinchi ustun bu- payg`ambarlardir. Biz mo`minlar payg`ambarlarning ummati hsoblanamiz. Imonni besh ustundan tashkil topgani haqida alohida-alohida sharhlar bilan yozilgan. Oltinchidan ikkinchisi bu- farishtalardir. Ular barcha falak ziyoratchilaridir. Farishtalar barcha nopokliklardan pokdirlar. Ular nafsdan holi, pok mavjudotdirlar. Asardagi oltinchi maqolat, Odob haqida. Odobning eng muhim shartlaridan biri ota- onaga ehtiromdir. Ota- onani doimo qadrlash, ularning hurmatini joyiga qo`yish, asrab avaylash farzandlarning burchidir. Alisher Navoiy ota-onani qadrlashni odobning eng muhim shartlaridan biri deb hisoblaydi. "Bu ikki zotning xizmatlarini bir xil bajarish, bu xizmatlarni qancha ko`p bajarsang shuncha kam1 Alisher Navoiy. "Xamsa" Navro'z nashriyoti. 2019 y''. Ya'ni qanchalik ota-onaning xizmatini qilsak ham, ularning haqqini ado etolmaymiz. Ikki jahonda rohat istasang bu ikki zotning roziligini olgin. Navoiy odobni bolaning ota-onaga hurmatidan boshlanishini ta'kidlagan. Shu bilan ota-onaning farzand oldidagi burchlari haqida ham Alisher Navoiy bu maqolatda keltirib o`tgan. Ota- onaning eng birinchi burchlaridan biri farzandga yaxshi ot qo`ymoq. Shunday ism qo`ymoq kerakki, odamlar chaqirganda uyalib qolmasin. Ism insonlarning ko`rki hisoblanadi. Ota-ona farzandga yaxshi ot qo`yishi va munosib tarbiyalamog`i zarurdir. Ota-onaning yana bir muhim burchlaridan biri bu ilm o`rgatmoqlikdir. Bolaga ta'lim berish va ilm-u odob o`rgatish uchun muallim topishdir. Bolani tarbiyalashda unga shafqat ko`rsatish, uni yutuqlari bilan taqdirlab borish ham zarur, tushunmagan, bilmagan narsalarini mehr bilan tushuntirish lozim. Navoiy shukr, sabr va hayodan uborat bo`lgan odamgina inson degan sharafli nomga munosibdir deydi. Hayrat ul-abror dostonida yettinchi maqolat qanoat haqida. Inson hayotdagi har bir kuniga yaxshi va yomon, to`qchilik va yo`qchilikda qanoat sabr-toqat qilishi kerak. Bu maqolatda ikki do`st haqida hikoyat keltirilgan. Ikki do`stning birga safarga chiqishi, ularning bir toshga ko`zi tushib, o`sha toshning ustidagi yozuvni o`qib, birinchi qanoatli odam "Mening qanoat boyligidek boyligim bor" bu toshdan numa naf ham chiqardi deb yo`lida davom etadi. Qanoatsiz kishi esa toshni ming mashaqqatlar bilan olib unda quyidagi yozuvlarni ko`rib: Xomtama bu dunyoda alam chekadi" hafsalasi pir bo`ladi. Qanoatli kishi esa yo`lida davom etib, bir mamlakatning podshosiga aylanadi. Qanoat hayot yo`lida insoonga kerakli bo`lgan eng muhim hamrohdir. Qanoatli inson boriga shukr qilib, hamma narsaning kelishini va amalga oshishini sabr bilan kutadi va harakat qiladi. Alisher Navoiy bu maqolatda "Kim qanoatni hujjat deb bilsa, yaxshi yomonga ehtiyoji bo`lmaydi" deydi. Inson qanoat bilan hayot kechirsa yaxshi yomon insonlarga ehtiyoj sezmaydi. Navoiyning bu maqolatida qanoatsiz kishi xor bo`lishi haqida ham keltirilgan. Qanoatsiz kishi xom hayol qilib, noshukrlik bilan yonidagi narsalarning ham qadriga yetmay, borini ham qo`ldan berib, xorlikka yuz tutadi. Xom hayollar insonni nochorlikka boshlaydi, yaxshi va yomon insonlarga muhtoj qiladi. Muhtojlik insonni qanoatdan chiqaradi. Kishi hayotda turli xil holatlarga tushadi. Ayrim holatlardan quvonchdan boshi osmonga yetsa, ba'zan ko`ziga yorug` olam zimiston bo`lib ko`rinadi. Bunday paytda juda ko`p insonlar omadsizlik, alamlarga dosh berolmay turli xil yo`llar bilan o`ziga va yaqinlariga ozor beradi. Alisher Navoiy bu maqolatda inson doim qanoatda sabr-toqatda muqim turish kerak ekanligini uqtiradi. Qanoatli inson shoshmasdan ollohning marhamatidan umid qilgan holda, xom hayolga berilmay harakat qiladi. Binobarin baxtli hollarda hovliqmaslik, kulfat va mashaqqatda esa baxtiyor kelajagini yodda tutish va shunga binoan, sabr-toqat, qanoatni qo`ldan bermaslik katta fazilat sanaladi. Islomda sabr axloqiy fazilatlardan biri bo`lib, musulmon kishining ruhiy tayanchlaridan biridir. U musulmonlar qalbiga sukunat va xotirjamlik solib, qiynoq berayotgan dardiga malham bo`ladi. Sabrli kishi qiyinchilikni sabot bilan qarshi oladi, uni Alloh tarafidan yuborilgan sinov deb biladi. Chuqurroq o`ylab ko`rilsa albatta har bir qiyinchilik ortida hikmat yotadi. Shunday paytda joxil kishi xafa bo`ladi, o`zini har yonga uradi, g`amga botadi, nega mening taqdirimda shunday bo`ldi deb noshukrlik qiladi. Ammo oqil inson esa Alloh tomonidan yuborilgan bu qiyinchiliklar orasidan ham o`ziga yaxshilik topishga urinadi. Agar sabr bo`lmasa, inson yetgan balolardan halok bo`lishi va hayotdan ortda qolishi turgan gap. Sabr ruhiy hayot bilan moddiy hayotni ajratib turuvchi bir narsadir. Shuning uchun ham Qur'onda sabrga katta ahamiyat berib, uni maqtagan, obro`sini ko`targan va sabrli kishilarni "Juda ham ajoyib kishilardir" deb atagan. Sabr Qur'oni Karimning 70 ta o`rnida zikr qilingan. Boshqa hech qanday fazilat bunchalik ko`p zikr qilinmagan. Mana shuning o`zi ham sabr qanday ulug` narsa ekanligiga va boshqa ko`pgina fazilatlarning ham asosi ekanligiga dalildir. Balki sabr barcha fazilatlarning onasi hisoblanar. Chunki u inson qalbida yaxshilik malakasini oshiradi. Har bir fazilat sabrga muhtojdir. Masalan ilm olishda ham sabr-toqat qilish zarur. Chunki ilm yo`lidagi mashaqqatli yo`lni sabr bilan yengib o`tish mumkin. Sabr bilan o`qib, o`rganib, olmni ziyoda qilamiz. Sabr- insonning eng go`zal hislatlaridan biri hisoblaib, Navoiy sabr haqida Hayrat ul-abrorda dostonida ham to`xtalib o`tgan. Sabrli inson boshiga ish tushsa barchasini haqdan deb bilib, sabr yo`lini qattiq tutadi.

Sabrlilik-iymondandir,

Sabrsizlik-shaytondandir. Imom Buxoriy "Hadislar" 1999 y.

Sabr qiladigan insonning sabri iymondan darak bermoqda, sabrsizlik esa shaytondandir.

Hayrat ul-abror dostonida Ibrohim Adham haqida hikoyat keltirilgan. Ibrohim Adham saroyni tark etib, joynomozi bilan Allohning uyi taraf yo`lga chiqdi. U o`n to`rt yil yo`l bosib, faqat Allohning ishqida va Makkani ko`rish, ziyorat qilish bilan yondi. Kelsaki, Makka o`z joyida emas, Ibrohim Adhamning fig`oni falakka chiqdi: u Allohga nola qila boshladi. Men o`n to`rt yil yo`l bosib faqat Makkani madh etish ishqida yonib kelsamu, u joyida emas?! Masjid ichidan ovoz keladi: "Bir ojiza shu sahroda nola chekib yurgan ekan, K'aba uni ziyorat qilish uchun ketdi". Ibrohim Adham orqasiga qarasa Robiya kelayotgan ekan. Shuda u: "men o`n to`rt yil sahroda g`am alam cheksamu, ganj nega senga nasib ayladi" deb so`ragan ekan Robiya javob qilibdi: Sen o`n to`rt yil sahroda namoz o`qish bilan band bo`lding men esa haqqa yolvorish, o`tinish, umid bilan o`tkazdim debdi. Bu hikoyatda ham qalb muolajasi nozik hislar yordamida go`zal tarzda yoritilgan. Insonning qalbi poklash yo`lidagi qiyinchiliklar albatta o`z natijasini beradi. Inson qalbini poklash yo`lida sabrni qattiq tutmog`i lozim. Chunki juda ko`p yaxshi narsalar go`zal sabrdan keyin keladi. Bu hikoyatda Ibrohim Adhamning ham sabri va qalb muolajasi yo`lidagi turli xil qiyinchiliklari aks etgan. Ibrohim Adham qalb muolajasi yo`lida enh birinchi taxtidan voz kechdi. Bu ham so`fiylikning bir yo`lini tutmoqdir. U haq yo`lida yo`lga chiqib, ham qalbining pokligiga va Robiyaning oltinga teng so`zlariga erishdi. Hayrat ul-abrorda yana bir go`zal hikoyat bor. Hazrati Ayyub va o`g`ri hikoyati. Hikoyatda Hazrati Ayyubning o`g`rini qo`yib yuborganligi aks etgan. O`g`irllikka tushgan o`g`rining yuki nihoyatda ko`pligi tufayli darchadan o`tolmaydi. Va shunda Hazrati Ayyub kelib, eshikni ochib beradi. Hikoyat o`quvchini o`ylantiradi. Nega o`z uyiga o`g`irlikka tushgan insonga bunchalar marhamat? Qalbning nihoyatda kengligi va murakkab tuzulganligi, inson yomon ishlardan ham faqat yaxshilik izlashi, yon atrofiga faqat yaxshilik ulashishi badiiy tarzda bayon etilgan. Bu hikoyatda Hazrati Ayyubning qalbi ummondek kengligi ifodalangan. Inson qalbini faqat yaxshi amallar bilan poklash mumkin, Hazrat Ayyub ham yaxshilik bilan o`g`rining qalbini zabt etdi. O`g`ri Hazrati Ayyubning bu ishidan oyoqlariga tiz cho`kdi. Shayx unga marhamat ko`rsatib o`ridan turg`izdi va qilgan ishini o`ylab ko`rishga vaqt berdi. Shayxning afvi bilan o`g`rining ma'naviy dunyosi o`zgardi. U endi komillik sari, qalbini yomon illlatlardan poklash uchun haq yo`liga kirdi. Birgina afv bilan insonning hayotini tubdan o`zgartirish mumkin. Alloh taola kechirimli insonlar bilandir. Kechirimlilik, rahmdillilik, hilmlik insonlarga musulmon kishiga xos bo`lgan hislatdir. Hazrati Ayyub bu tariqa ish tutushi ham hilmlikdandir. Insonlarning qalbini yaxshi so`z, yaxshi amal bilan o`zgartirish mumkin. Inson qalbining muolajasi eng avval o`zidan boshlanadi, qalbidan. Shayxning o`g`riga eshik ochib berishi va: "yoking og`irlik qilyapti eshikdan chiqib ketaver deyishi o`g`rini esankiratib qo`yadi. Shayx bir yo`l ko`rsatdiki, kim ham bu yo`ldan chiqib keta olardi. Shu tarzda o`g`ridagi vijdonni, aybdorlik hissini va qalbini uyg`otdi. Navoiyning bu hikoyatida "qalb muolajasi" juda go`zal tarzda o`z bayonini topgan. Insonda ikki xil dunyo bor: zohiriy va botiniy.

Suratni sindir siyratga kir! Insonning ichki olamidagi bor narsalar tashqisiga ta'sir qiladi. Insondagi ezgulik, yaxshilik hayot yo`liga ta'sir etmasdan qo`ymaydi. Rumiyning quyidagi fikrlari ham insonning ichki olamiga boqishni, uning botiniy dunyosida nimalar borligini bilishga chaqiradi. Insonning ichki olami avvalo uning fe'lida aks etadi. Insonning fe'li, hulqi, so`zlayotgan so`zi go`zal bo`lmog`i lozim. Og`izdan chiqayotgan so`zlar insonning o`ylariga ta'sir etadi. Navoiyning "qalb muolaja" siga doir yana bir gapi borki: Barcha sifatlardan ham yoqimliroq yana bir ish bor, bu ham bo`lsa elga berish-u olmaslik. Bergan narsani esdan chiqarib yubormoq, berganni olmoqni xayol etmaslik yaxshidir. Bulut topganni el ustiga sochgani uchun ham Haq uni qudratli, dargohi keng hukmdorga aylantirdi. Odamlar sochgan narsalarni terib o`z makoniga tashuvchi chumolining ishi tiriklayin go`rga kirmoq bo`ldi. Inson kimgadir yaxshilik qilsa buni unutishi lozim. Berganlaring emas, olganlaring o`zingnikidir. Yaxshilik qilib, o`sha yaxshilikni unutgan timsolida- bulutni ko`rsatadi. Bulut topganini yerga sochdi va evaziga hech narsa so`ramadi, uning bu ishi evaziga Alloh uni qudratli, karami keng hukmdorga aylantirdi. Yaxshilik qilib keyin uni unutish sifatlarning eng yaxshisi deb beryapti Navoiy. Insonning boshqalarga nafi tegsa, yordam qo`lini cho`zsa, va bu ishlarini unutish insonni komillikka, qalbni poklashga yetaklaydi. Va chumolining ishiga nazar solaylik. Insonlardagi ginachilik, xasislik va bergan narsasiga iddao qilish eng yomon hislatlardandir. Qalb muolajasi jarayoni bosqichma-bosqich davom etadi, qalbni tozalashdan boshlanib, komillikkacha bo`lgan jarayondir.

Har bir inson boshqa bir insonning xursanchiligidan shodlanishi, noxush bo`lsa- tashvishlanishi lozim. Bu haqiqiy insoniylik va qalb pokligidan darakdir. Qalbi tarbiya topgan inson hech qachon boshqalarga yomonlik tilamaydi. U boshqaning kulfatidan shodlanmaydi. Qalbi pok insonning dili va tili bir bo`ladi. So`z ham qalb muolajasiga katta ta'sir o`tkazuvchi omildir. So`zning to`g`riligi, qalbning to`g`riligidir. Ko`ngil ko`ngildan suv ichadi. Insonning boshqa insonga bo`lgan bir og`iz yaxshi so`zi yoki yaxshi amali boshqa insonning qalbini tog`dek ko`tarishi mumkin. Inson qalbidagi iliqlik bilan boshqalarga ham o`z ta'sirini o`tkazmay qolmaydi.

Alisher Navoiyning uchta "hayrat" ida esa ko`ngil haqida gap boradi, ko`ngil bu yerda- bosh qahramon, asosiy obraz. Ammo Navoiy "hayrat" larini boshlashdan oldin ko`ngil tushunchasining nima ekanligini sharhlashga bir bob ajratadi. Bu bob "Ko`ngil ta'rifidakim, ko`ngul tilagendek qililmaydur va aning vasfin sohibdillikg`a mavsuf bo`lg`on kishidin o`zga kishi bilmaydurur. Ko`ngulsiz roqim xomasin raqamkash qilmoq va bu raqam savobi bilan ko`ngulni xush qilmoq". Bu jumlaning ma'nosini tahlil qiladigan bo`lsak: Ko`ngil ta'rifi haqida bir necha so`z, chunki ko`ngilni tushunish ko`ngildagiday emas. Ko`ngilning sifatlarini ko`ngil egasidan boshqa kishi tushunmaydi. Ko`ngilning sifatlari insonni yuksaltiradi, aziz qiladi. Ko`ngil ta'rifi Navoiyda go`zal talqin qilingan. Alisher Navoiyning ta'rifi bo`yicha, ko`ngil- bu tepib turgan yurak emas. Juda ko`pchilik ko`ngil deganda shuni tushunadi. Navoiy ko`krakda harakat qilib turgan bir parcha go`sht hayvonlarda ham bor, deb yozadi. Navoiy nazarida kimni ko`ngli qanchalik pok bo`lsa, u shuncha olami kubrodan boxabar, ogohdir. Navoiy ko`ngil ta'rifini bergandan keyin birinchi "hayrat" da ko`ngilning qayerda paydo bo`lgani va qaysi olamni sayr qilgani haqida so`z yuritadi. Uning e'tiqodicha, ko`ngul adam- yo`qlik zulmati ichidan vujud yorug`ligiga paydo bo`lib chiqqan. Ya'ni ko`ngil ilohiy ruh sifatu Tangri taolo sharafidan yaratiladi va malak olami- farishtalar olami, shuningdek Jannat bog`larini sayr etadi. Ko`ngil- insonni inson qiladigan asosiy belgi, ilohiy ne'mat:

Ko`ngul erur bulbuli bo`stoni roz,

Quddusi harimda bo`lub jilvasoz.

Royihai jannati a'lo ham ul,

Partavi misbohi tajallo ham ul.

Solik ani "arshi muallo" dedi,

So`fiy ani "olami kubro" dedi.Alisher Navoiy "Xamsa" Navro'z nashriyoti 2019.

Demak, ko`ngul yuqoridan- arshdan tushgan ne'mat. U- ruhi qudsiy, ko`zdan yashirin, ammo jahonni o`zida joylagan xazina. Ilohiyot xazinasining koni. Shu sababli ko`ngul- bir ka'ba, balki olam qiblasi Ibrohim ka'basidan ham qadri balandroq:

Ka'ba ki olamning o`lub qiblasi,

Qadri yo`q andoqqi ko`ngul ka'basi

Ka'ba- xalqlar sig`inadigan joy. Ko`ngul esa xoliq nuri jilva qiladigan joy. Ishq ham ko`ngildan qo`zg`aladi., solikni mast etadigan, g`ayb asroridan xabar beradigan ham shu ko`nguldir. Ikkinchi "hayrat" da ko`ngil malak olamidan keyin ko`ngil yerni ham sayr qiladi. Navoiy har bir sayyoranining afsonaviy tushunchalariga o`ralgan sifatlarini ajoyib san'atlar bilan tasvirlab chiqadi. Ko`ngil bu sayohatdan chiqqanidan so`ng, uchinchi olam- "badan mulki" olamiga qadam qo`yadi. Buni "Hayrat ul-abror" dostonining uchinchi "hayrati" da tahlil qilamiz. Ko`ngil- musofir, sayru sayohat qiluvchi ruh. Dastlabki ikki olamni kezgandan keyin, ko`ngil inson vujudiga kelib kiradi. Navoiy inson vujudini tashqi va ichki olamini tasvirlaydi. Insonning tuproqdan yaralgani va to`rt unsur hosil bo`lgan tabiati, haqida so`z yuritadi. Inson aqli, tafakkur va hayolat dunyosi naqshinkor qasrlar timsolida tasvirlangan. Ko`ngilni Navoiy "Xoja" deydi ehtirom bilan. Xoja - ega demakdir. Barcha his- tuyg`ularning egasi va hislatlarning ham. Ko`ngil a'zolarning ham boshidir. Chunki u Ka'baga teng qilindi. Biz ko`nglimizda eng nozik va eng aziz tuyg`ularni olib yuramiz. Eng yaxshi so`zlar ham ko`nglildan chiqadi. Ko`ngildan gapirilgan so`z, amal ham ishonchlidir. Iymonli insonlar qalbida ollohni olib yuradi. Qalb ollohning taxti. Tangri taolo dunyoni yaratgach, jism va jon mamlakati- insonni yaratib, muayyan tartib bilan, surat va jonni qo`shib tuzdi. Bu ikki qo`shilishdan dil, qalb vujudga keldi. Demak qalb- inson bilan ollohni bog`lab turuvchi yo`l. biz chin dilimizdan ollohga nola qilamiz, undan umid qilamiz. Chin qalbimizdan niyat qilamiz, biz ishonamizki, chin dildan ya'ni qalbdan chiqqan so`z ollohga yetib boradi. Insonning qalbidagi, ko`nglidagi kechinmalar yaratgandan boshqaga ayon emas. Ko`ngil tangrining taxti ekan, unda nimalar kechayotgani faqat unga ayon. Qalbning murakkabligi ham shunda. Insonlar orasida tez-tez "qalbim og`ridi", "chin ko`ngildan xafa bo`ldim" yoki "chin dildan xursandman" kabi so`zlarni eshitamiz. Kayfiyat ham qalb bilan bog`liq. Bizning dilimiz xufton ekan, bu kayfiyatga ta'sir qilmasdan qo`ymaydi, ko`ngil sokinlik hohlaydi. Ko`ngil ma'naviy hayotning ham asosiy manbai va markazidir. Ko`ngilni poklash- komillikka erishishning eng asosiy yo`li. Navoiy qalb kechinmalari, dard va tug`yonlari va manzaralarini tasvirlashda yuqori natijalarga erishgan. Shoir ko`ngil tasvirlari orqali o`zining teran falsafiy mushohadalarini, olam va odam haqidagi chuqur mulohazalarini bayon etgan. Navoiy lirikasida ko`ngil- komil inson, orif, pir, rahnamo, donishmand, mutafakkir, oshiq, do`st timsolida keladi. Qahramonning ruhiy holatini, asarlarida shoirning eng yuksak muddaosini ifodalovchi ham ko`ngildir.

"Ko`ngil ta'rifidakim, ko`nguldagidek ta'rif qilish qiyin va uning sifatlarini sof ko`ngulli kishidan boshqa odam bilmaydi; g`amgin qalamkash qalamini ishga solmoq va shu qalamning qora yozuvlari bilan ko`ngulni xushlamoq" Ya'ni ko`ngilni ta'rif qilish qiyin, qanchalik yaxshi ta'rif qilsa ko`ngildagigek chiqmaydi. Ko`ngilning sifatlarini pok qalbli insonlar juda yaxshi his qiladilar. Bu "ko`ngil" deb atayotgan narsa, aslida yurakdir. Ko`ngil sirlari ko`ngil egasi va Olloh taolodan boshqa hech kimga ma'lum emas. Qalbni barcha tana a'zolarining sultoni qilib qo`ydi va qalbni poklash orqali komillikka erishishning yo`li qildi. Ko`ngil bir xazinaki, unda barcha sirlar mavjud. U sirlardan boxabar bo`ishni hohlagan inson, iymon va sabr yo`lidan yurishi lozim. Kamolat kasb etmaguncha inson hamma holatlarni boshdan kechiradi. Dunyoda hamma narsani ko`rib uni egallaydi, shundan so`ngina u "olami kubro" nomiga sazovor bo`ladi. Ya'ni kamolatga erishadi. Ko`ngil taxtini egallaydi. Insonda uni harakatga undovchi ikki kuch bor. Biri aql, ikkinchisi qalb. Har qanday tirik mavjudotning ruhi ya'ni qalbi bor. Insonning qalbi uning tashqi va ichki olamiga katta ta'sir qiladi. Agar qalb notinch bo`lsa, bu sog`likka ta'sir qilmasdan qolmaydi. Bizga ma'lumki "qalb xotirjamligi" deb kundalik hayotda juda ko`p ishlatamiz. Rostan ham "qalb xotirjamligi" nima u? qalb xotirjamligi, ruhning xotirjamligidir. Inson qalbi xotirjam ekan, ruhi ham tetik yuradi. Qalb bilan ruh birdir. Navoiyning komillikka erishish yo`li qalbni poklash, qalbni poklash uchun esa ilm o`rganmoq va sabr, qanoat yo`lini tutmoqlikdir. Qanoat qilgan inson birovga qaram bo`lmasdan, o`z erkini, qadr-qimmatini nafs tuzog`iga tushurmay yashay oladi. Alisher Navoiyning "Hayrat ul-abror" dostonida ham qanoat fazilatiga alohida to`xtalib o`tgan. Navoiyning nazarida sabrli insonning martabasi shunchalik balandki, u tangri oldiga eng aziz va mo`tabardir. Navoiy qanoat- Jannat sari eltuvchi qanot, deya so`z boshlaydi. Qanoat kishini qudratli va bardam qilib tarbiyalaydi, ruhingiz tetik, qalbingiz butun bo`ladi.

"Hayrat ul-abror" dostonining asosiy mazmunini tashkil etuvchi maqolat va hikoyatlarda shoirning komil inson haqidagi axloqiy-ta'limiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari o`z aksini topgan. Dostondagi birinchi maqolat iymon sharhiga bag`ishlanadi. Bu bejiz emas, zero dostonning bosh g`oyasi komil inson timsolini vasf etishdir, komillikning bosh belgisi esa iymondir: "Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur. Alisher Navoiy ЇKimdaki iymonning uch belgisi bo`lsa, u haqiqiy insondir" Alisher Navoiy. "Xamsa" Navro'z nashriyoti. 2019 y. deydi va bu belgilar sifatida sabr, shukr va hayoni ko`rsatib o`tadi: "Bas ani inson atag`il beriyo, Kim ishidur sabr ila shukru hayo." Ushbu maqolatda shoir komil inson ta'rifidan keyin iymon sharhiga to`xtalib o`tiladi. Hazrat Navoiy iymonning 6 sharti sifatida quyidagilarni keltirib o`tadi:

1) Haqning borligiga iymon keltirish;

2) farishtalarga iymon;

3) Allohning so`zlari bo`lgan muqaddas kitoblarga iymon;

4) Payg`ambarlarga iymon;

5) qiyomat kuniga iymon;

6) taqdiri azalga iymon.

Mazkur fikrlardan so`ng Shayx Boyazid Bistomiy va uning muridi haqidagi hikoyat keltiriladi. Hikoyatda bir kuni Shayx Boyazid Bistomiydan g`amginlik sababini so`ragan muridiga shayx bu dunyoda haqiqiy insonlar kamayib ketganligidan xafaman deb javob beradi. Shunda muridi shayxni haqiqiy insonlar safida deb hisoblashini aytganida, shayx o`zini ham yuz ming sarson-sargardonlar qatorida sanashini, agar bu dunyodan iymon bilan ketmas ekan, inson sanalmasligini aytadi. Hikoyatda tasavvufiy qarashlar ham mavjud bo`lib, bunda tariqatdagi xavf maqomi haqida so`z boradi, deb aytish mumkin. Dostondagi maqolatlarda komil inson haqidagi shoirning o`ylari o`z aksini topgan. Hikoyatlar esa maqolatlarda ilgari surilgan g`oyalarni asoslashga, ta'sirchanlikni oshirishga yo`naltirilgan. Shoir imon - komillikning asosi ekanligini nazarda tutib, birinchi maqolatni imonga bag`ishlaydi. Shoir haqiqiy insonlikning belgisi imon ekanligini aytadi. "Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga imon erur". Shundan keyin shoir shariatda har bir mo`min e'tiqod qilishi lozim bo`lgan oltita narsani tasvirlaydi. Bular Haqni bilmoq, farishtalar, Allohning kalomi bo`lgan ilohiy kitoblar, payg`ambarlar, qiyomat, qismatning haqligi. Bularga e'tiqod qilgan kishi albatta najot topishini aytadi. Ikkinchi maqolat islom haqida bo`lib, unda shoir olamdagi halqni najot ahli va halok guruhiga bo`linishini aytadi.

"Hayrat ul-abror" dostonida yuksak insoniy fazilatlar tasviriga alohida maqolatlar ajratiladi. Asarning beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to`qqizinchi, o`ninchi maqolatlarida karam, saxovat, adab, qanoat, ishq, vafo, rostlik, ilm haqida so`z yuritiladi. Bunda shoir bu ezgu sifatlarni ulug`lab, kishilarni baxillik, xasislik, ta'magirlik, yolg`onchilik, johillik singari chirkin illatlardan holi bo`lishlarini istaydi. Shoir och bo`lmaganga dasturxon yozish, yalong`och bo`lmaganga to`n kiydirishni, nom chiqarish uchun boylikni sochib yuborishni keskin qoralaydi va isrofgarchilikka yo`l qo`yish baxillikdan ham yomon illatdir deydi. Saxiy odam hech kimdan hech narsa tama' qilmaydi, "daryoning oldidan chiqib qolsa, undan hatto bir shabnamchalik suv suramaydi", - deyish bilan mubolag`adan foydalangan. Ya'ni shoir tasvirlayotgan kishisining olijanob fazilatini mubolag`aning kichraytirish xili orqali gavdalantirmoqda. Navoiy saxiylikni ta'riflab bo`lgach, unga amal qilish zarurligini ta'kidlaydi. Molni yig`ib yotish emas, balki uni saxiylik bilan sarflash kerakligini aytadi va fikrlari tasdig`i uchun ko`plab misollar keltiradi. Insonning mukammalligini bildiruvchi belgilardan biri xayo va odobdir. Navoiy odabni inson kamoli uchun muhim masalalardan biri deb qaraydi. Bu masalaga u xalqparvarlik, gumanizm nuqtai nazaridan yondashadi. U butun vujudini xalq xizmatiga bag`ishlagan, el manfaati yo`lida kuyib-pishgan insonni kamtar va olijanob kishi deb biladi. Alisher Navoiyning Ї "Hayrat ul-abror" dostoni o`ziga xos tarzda yaratilgan bo`lib, bunda maqolat va hikoyatlar vositasida shoirning olam, odam, tabiat va jamiyat haqidagi qarashlari ilgari surilgan. Doston badiiyatini tushunishda maqolat va hikoyatlarning o`rni kattadir. Ushbu dostonni o`qitishda maqolat va uning o`ziga xos xususiyatlari, hikoyat janrining Sharq adabiyotida, xususan, Navoiy ijodidagi o`rni haqida qisqacha ma'lumot berish lozim. Shu orqali o`quvchilarda maqolat va hikoyatlar haqida muayyan nazariy fikrlar hosil bo`ladi. Shuningdek, Navoiy dostonda ramziy-majoziy tasvirga keng murojaat qilgan. Shoir biror masala haqida fikr yuritar ekan, shu masala bilan bevosita bog`liq bo`lgan tabiat va jamiyatdan ko`plab ramziy tasvirlar keltiradi. Shu orqali o`z fikrlarini asoslab, ta'sirchan badiiy lavhalar yaratadi.

Ushbu fasldan quyidagi xulosaga kelish mumkin:

1. "Hayrat ul-abror" dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar bor. Uning ahamiyatli jihati shundaki Navoiy hikoyatlar orqali inson o`ziga chetdan nazar solishi kerakligi haqida mulohaza yuritadi. Navoiyning dostonida inson qalbidagi bag`rikenglik, mehr- muhabbat, insoniylik kabi masalalar yotadi. Navoiy insonlarning qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligi haqida so`z yuritar ekan, Hazrati Ayyub hikoyatini keltiradi. Navoiyning bu hikoyati orqali insondagi o`zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.

2. Alisher Navoiy dostonlarida qalb muolajasi masalasi uch jabhada keng tarzda ko`rsatilgan: sabr, tavba hamda iymondir. Navoiy bu uch hislatsiz insonning qalbini davolab bo`lmaydi hikoya qiladi. Insondagi tavba va vijdonni uyg`otmasdan qalbni davolash mumkin emas. Inson qalbini davolashda bu uch hislat kerak. Inson sabrli bo`lishi lozim, chunki sabrning ortidan barcha go`zal narsalar keladi. Inson tug`ilibdiki, bu hayotda yaxshi yashashga va yaxshi hayot kechirishga harakat qilai. Navoiy bu hayot yo`lida iymonni qattiq tutmoqlikni aytadi. Ollohning borligiga iymon keltiqmoq, uning bergan taqdiriga rozi bo`lmoq ham iymondandir. Insonning hayot yo`lida iymon bir umr hamrohdir.

3. Alisher Navoiy dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar keltirilgan. Bulardan Hazrati Ayyub hikoyatidir. Bu hikoyatda inson qalbining naqadar kengligi va daryoligi ifodalangan. Bu hikoyatda o`g`rining ko`ngli poklanganligi va to`g`ri yo`lga kirganligi ifodalangan. Shayx o`g`rining o`g`rilik qilayotganini bilsada o`z ibodatini davom ettiradi. O`g`rining olgan xazinalari lahmdan o`tolmaydi, shunda Shayx unga eshikni ochib beradi, u yerdan chiqib ketishi mumkinligini aytadi. O`g`ri bu holatdan g`oyatda larzaga keladi va uning oyoqlariga bosh egadi. Shayx uni kechiradi. Bu hikoyatda Navoiy inson qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligini aytadi. Navoiyning bu hikoyatida o`g`rining qalbi davolanganligini ko`rishimiz mumkin. Qalbadagi bu kabi nozik masalalar yana boshqa hikoyalarda ham mavjud.

4. G`afur G`ulomning asarlarida Navoiyning ijodi sezilib turadi. 1939-yilda "Farhod va Shirin" dostonining dastlabki nasriy bayoni G`afur G`ulom tomonidan chiqarilgandir. G`agur G`ulomning Navoiyga muhabbati o`zgacha bo`lgan. Uning "Hasan Kayfiy" hikoyasi ham Navoiyning " Hotami Toyi" hikoyatiga o`xshaydi. Navoiyning ijodi zamonaviy adabiyotga o`tishi ham o`zbek adabiyotining yanada boyishiga sababchidir.

5. Xulosa qilib aytishimiz lozimli, Navoiyning asarlari kelajak avlod va uning tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy ijod olamida keng nom taratgan ijodkor hisoblanadi. Uning asarlari va dostonlarida inson qalbining eng nozik tuyg`ulari aks etgan. Inson qalbi muolajasida Navoiy go`zal hikoyatlar orqali insonning qalbini davolash mumkinligi haqida so`z yuritgan.

2.2 Hayrat ul-abrorda qalb muolajasiga doir hikoyatlarning o`rni va ularning an'anaviyligi

"Hayrat ul-abror" dostonida Hotami Toyi haqida hikoyat keltirilgan. Bizga ma'lumki Hotami Toyi obrazi- saxovatpesha, ko`ngli pok, insonlarga ehson qiluvchi qahramon hisoblanadi. Navoiynin: hikoyatida Hotami Toyi kata bazm qildi va baz toza havoga aylanishga chiqdi. Ko`rsaki bir o`tinchi yelkasida og`ir yuk bilan kelayapti. U o`tinchiga: Ey qaddini mashaqqat yuki past etgan inson. Ehitmadingmi bugun Hotam kata dasturxon yozib, bazm qilayotgan ekan" deydi. Shunda unga o`tinchi: "Ey oyog`ini hirs-zanjirband etgan, bo`ynini esa tama-yu tilanchilik arqoni mahkam bog`lagan, g`ayrat vodiysiga qadam urmagan va himmat cho`qqisiga bayroq qadamagan inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko`r, shunda Hotam Toyi minnatini ko`tarmaysan!" debdi. Bu hikoyatdan ma'noni anglaganingizdek bu qanoatdir. Inson boshqalardan umid qilmasligi, yelkasini tikan tilsa ham doimo o`zi harakat qilishi lozim. Birovning berganini o`tinchi minnat demoqda. Qanoatli inson sabr yo`lini qattiq tutib, g`ayrat bilan do`st tutunmog`i lozim. Qanoat qilgan gado- podsho, tamagir shoh esa- gado.

Shoh ul emaskim, boshig`a qo`ydi toj

Shoh ani bilkim yo`q anga ehtiyoj…

Shox boshining sharafi toj emas,

Angla ani shohki, muhtoj emas…

Kimki qanoatdan erur hujjati,

Yaxshi- yomong`a aning xojati… Alisher Navoiy. "Xamsa" tanqidiy matn. Toshkent "Fan" 1960 y. 39-bet.

Navoiy qanoat haqidagi bobda gapni shohdan boshlagan. Qanoat shohdan boshlansa boshqalarga ibrat bo`ladi, shohning badnafsligi, molparastligi saltanatni tikanzorga aylantirib, fuqoroni og`ir ahvolga solgan. Shu bois Navoiy shohlarni ham qanoatga chorlab, sahovat karamni ularning asosiy fazilati sifatida ko`rsatgan. Qanoatli shoh- taqvodor darveshday o`z nafsining hokimi bo`lishi mumkin. Shoh shoh emas, balki qanoat mulkini egallagan odam haqiqiy shohdir. Navoiy ayganidek, qanoatli insonlarning doimo hurmati baland bo`ladi, ular hech kimga muhtojlik sezmaydi. Navoiy dostonda Ayyub payg`ambarga bag`ishlab alohida bir maqolat ajratgan. Marhamatli Ayyubning o`g`ri egriligini tuzatganligi haqida: ЇBir kuni Ayyub payg`ambar toat-ibodat qilib, shamdek ko`zidan yoshlar to`kib o`tirgan bir paytda kissavur uning uyiga lahm kovlay boshlaydi. Kechasi bilan u yer ostini o`yib, yo`l qilib chiqqanida, uyda bir odamning o`tirganini ko`radi. Ayyub payg`ambar ham buni tushunib indamaydi. Ibodatda davom etib, buni o`ziga olmaydi. O`g`ri esa o`sha teshikning ichidan chiqib uydan nima topsa, hammasini to`plab, qanchasini ko`tara oladigan bo`lsa, orqasiga mahkam bog`laydi. Lahmga kirmoqchi bo`lgan edi, teshik kichkina, yuk esa juda katta bo`lganidan unga sig`maydi. Uning qiynalib qolganini ko`rgan Ayyub o`rnidan turadi-da, eshikni ochib, unga yo`l ko`rsatadi va ЇYuking katta bo`lib ketibdi, teshik esa kichik. Mana, eshik ochiq deydi. Bu gaplardan so`ng, o`g`ri bunday sahovatni ko`rib, seldek ko`z yoshi to`kib, Ayyubning oyog`iga boshini fido qiladi. Navoiy bu maqolati orqali inson qalbini tarbiyalashni nazarda tutgan. O`g`rining qalbini yaxshilik bilan davoladi. Undagi eng yomon hislat o`g`rilikni, yaxshi amal bilan boshqa tarafga o`zgartirdi. Eshikni ochib bergan Ayyubga qarab, o`g`ri na chiqib ketishni na qolishni o`ylab qoldi. Unda vijdon uyg`ondi va Ayyubning oyoqlariga tiz cho`kdi. Navoiy qalb tarbiyasi haqida juda go`zal tarzda bayon qilgan. Navoiyning tahlilicha insonlarning qalbiga faqat yaxshi so`z, yaxshi amal bilan kirib borish mumkin. Qadimdan xalqimizda "qo?li egri" iborasi o?g?ri kishilarga nisbatan ishlatilib, xalqning ularga nafrati bisyor bo?lgan. Shuningdek, "O?g?ri qo?li kesilmaguncha, o?g?riligini qo?ymas" Akram B. Fasohat mulkining sohibqironi. - T.: O?zbekiston, 1991.

maqolida xalqda biror shaxs o?g?rilik qilganida unga qo?lini kesib tashlash orqali jazo berilganiga ishora bor. Shu an?anani Navoiy ham o?z dostonida tilga oladi:

Bo?lsa ilik egrilik ichra samar,

El ani kesmakda tuz etgay magar.

Bir o?rinda o?g?riga "qo?lini kesish" orqali beriladigan jazoni loyiq ko?rgan shoir bir o?rinda afv etish, gunohlaridan o?tish orqali ham uning zimiston qalbini ma?rifat yog?dusi ila ravshan qilish mumkinligini uqtiradi va bunday yuksak vazifani dostonning o?n uchinchi maqolatida marhamatli Ayyub zimmasiga yuklaydi. Shoir e?tiroficha, aslida, o?g?ri ham jamiyatning a?zosi. Uzoq yillar davomida xalqqa ma?naviy madadkor bo?lib kelgan Navoiy o?g?riga har doim qattiq jazoni loyiq ko?rishi mumkin emas edi. O?g?rini kechira bilish ham o?g?ri shaxsiyatidagi mudrab yotgan to?g?rilik xislatlarini uyg?otishi, uni rostlik vodiysiga muyassar aylashi mumkin. Zamonaviy adabiyotda ham Navoiyning ijodi sezilib turadi. G`afur G`ulomning "Hasan Kayfiy" hikoyati Hotami Toyga o`xshaydi. G`afur G`ulom ko`pgina lirik-dramatik yo`nalishdagi hikoyalar ham yozdi. Ularda inson fojiasini va ularni shu holga solgan muhit, sharoitni ko`rsatdi. U 1965 yili "Mening o`g`rigina bolam" lirik-dramatik va "Hasan Kayfiy" yumoristik hikoyasini e'lon qildi. Birinchisiga yozuvchi voqeiy hikoya, ikkinchisiga esa, xalqimizning yumoristik ertaklaridan, deb izoh beradi. Ikkalasi ikki xil ifoda yo`sinida yozilgan, lekin ikkalasi ham jahon hikoyachiligi darajasidagi yetuk, mukammal asarlardir. Ularda G`afur G`ulom ijodining yuragi bo`lmish insonparvarlik ruhi baland jaranglaydi. U mehnatkash, pok, halol, o`z aql-farosati, o`zining peshona teri bilan kun kechiruvchi va hayotni, jamiyatni mukammal qilishga intilgan insonni faol himoya qildi, uning taqdiri, buguni va ertasi uchun san'atkorlik qalbi bilan umr bo`yi kurash olib bordi. Jumladan, "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasida o`zi guvoh bo`lgan oddiy voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o`zining insonligiga, mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko`rsatadi. Yozuvchi o`z ota-onasi o`lib, uchta singlisi bilan katta onasi - "qora buvisi" qo`lida qolgan paytidagi uylariga o`g`ri kelishi voqeasini so`zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, "zamon chappasiga ketgan" vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo`q hamma och-yalang`och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, o`g`irlik qilishga majbur bo`ladi. Kechasi "Qora buvi" ning tomiga chiqqanida qo`qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o`ylab, mijja qoqmay yotgan "qora buvi", "O`g`rigina bolam, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo`lmaydimi!", -deydi. "Qora buvi" ning mehribonona, samimiy munosabati og`rining ham xasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga to`lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to`g`risida suhbat quradilar. O`g`rining so`zidan ellikboshilarning poraxo`rligi ham, boylaru amaldorlarning, tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo`ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu kambag`allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg`usi saqlanib qolganini ta'kidlaydi: "qora buvi" o`g`rini uyida bor bo`lgan ikkitagina zog`ora non bilan choy ichishga taklif qiladi, u esa "Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo`q andisham bor, uyalaman", deydi. "Qora buvi" uyda yarim pudlik qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, "qutlug` uydan quruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o`g`rigina bolam", deydi. O`g`ri ko`nmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. Ko`rinadiki, hikoyada ona - farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi. G`afur G`ulom badiiy publitsistikada ustoz so`z san'atkori sifatida tanildi va umrining oxirigacha bu sohada bayroqdor bo`ldi. Uning publitsistikasi extirosli nutq, chuqur mushohada, falsafiy muhokama bilan birga kichik-kichik hikoyachalar, rivoyatlar, qiziq voqea va yorqin detallar, latifalar, muhim hujjatlar asosiga qurilgan. Bu janrda u teran tarixchi hamda jarchi-tashviqotchi sifatida namoyon bo`ldi. Uning publitsistikasidagi bosh badiiy tamoyil tarixiy chog`ishtirishdir. U "zehnimda aks etgan asriy hodisalarni bir muarrih bir tarixshunos sifatida shu qog`ozlarda qayd qilib o`tmoqchiman", degan edi. O`zi ko`rgan, bilgan voqealarni guvoh sifatida bayon etib, kishini ishontirdi. Bunday "guvohlik berib ayta olishning sababi esa, o`zini xalqning bir parchasi sifatida tasavvur etishi, u bilan doim hamnafas bo`lishi va shu xalq nomidan so`zlashi edi. G`afur G`ulomning kuldirib yig`latadigan va yig`latib kuldiradigan hajviy hikoya va qissalari el orasida shuhrat topdi. U o`zbek realistik hikoyachiligi hamda qissachiligiga beqiyos hissa qo`shgan adiblardan biri bo`ldi va umrining oxirigacha bu sohada muvaffaqiyatli qalam tebratdi. Uyda holsizlikdan sulayib yotgan kampir tom boshida o`tirgan o`g`riga "Qutlug` uydan quruq ketasanmi endi, mening o`g`rigina bolam? Anavi qozonni olib ketsang-chi!" deganida o`g`ri bu "Hotamtoyning onasi" desa degudek mehru saxovat sohibasining taklifini keskin rad qiladi. "Men o`g`ri bo`lsam ham bu qadar insofsiz emasman, onaxon! Hali bu xonadonda ham ulkan doshqozonlar osiladigan payt keladi!" deya yorug` kunlarga umid bilan qaraydi. Asarda yuksak insoniylik masalasi yotibdi.

"Hayrat ul-abror" dostonida Hotami Toyi haqida hikoyat keltirilgan. Bizga ma'lumki Hotami Toyi obrazi- saxovatpesha, ko`ngli pok, insonlarga ehson qiluvchi qahramon hisoblanadi. Navoiynin: hikoyatida Hotami Toyi kata bazm qildi va baz toza havoga aylanishga chiqdi. Ko`rsaki bir o`tinchi yelkasida og`ir yuk bilan kelayapti. U o`tinchiga: Ey qaddini mashaqqat yuki past etgan inson. Ehitmadingmi bugun Hotam kata dasturxon yozib, bazm qilayotgan ekan" deydi. Shunda unga o`tinchi: "Ey oyog`ini hirs-zanjirband etgan, bo`ynini esa tama-yu tilanchilik arqoni mahkam bog`lagan, g`ayrat vodiysiga qadam urmagan va himmat cho`qqisiga bayroq qadamagan inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko`r, shunda Hotam Toyi minnatini ko`tarmaysan!" debdi. Bu hikoyatdan ma'noni anglaganingizdek bu qanoatdir. Inson boshqalardan umid qilmasligi, yelkasini tikan tilsa ham doimo o`zi harakat qilishi lozim. Birovning berganini o`tinchi minnat demoqda. Qanoatli inson sabr yo`lini qattiq tutib, g`ayrat bilan do`st tutunmog`i lozim. Qanoat qilgan gado- podsho, tamagir shoh esa- gado.

Shoh ul emaskim, boshig`a qo`ydi toj

Shoh ani bilkim yo`q anga ehtiyoj…

Shox boshining sharafi toj emas,

Angla ani shohki, muhtoj emas…

Kimki qanoatdan erur hujjati,

Yaxshi- yomong`a aning xojati…. Alisher Navoiy. "Xamsa" tanqidiy matn. Toshkent "Fan" 1960 y. 39-bet

Navoiy qanoat haqidagi bobda gapni shohdan boshlagan. Qanoat shohdan boshlansa boshqalarga ibrat bo`ladi, shohning badnafsligi, molparastligi saltanatni tikanzorga aylantirib, fuqoroni og`ir ahvolga solgan. Shu bois Navoiy shohlarni ham qanoatga chorlab, sahovat karamni ularning asosiy fazilati sifatida ko`rsatgan. Qanoatli shoh- taqvodor darveshday o`z nafsining hokimi bo`lishi mumkin. Shoh shoh emas, balki qanoat mulkini egallagan odam haqiqiy shohdir. Navoiy ayganidek, qanoatli insonlarning doimo hurmati baland bo`ladi, ular hech kimga muhtojlik sezmaydi. Navoiy dostonda Ayyub payg`ambarga bag`ishlab alohida bir maqolat ajratgan. Marhamatli Ayyubning o`g`ri egriligini tuzatganligi haqida: ЇBir kuni Ayyub payg`ambar toat-ibodat qilib, shamdek ko`zidan yoshlar to`kib o`tirgan bir paytda kissavur uning uyiga lahm kovlay boshlaydi. Kechasi bilan u yer ostini o`yib, yo`l qilib chiqqanida, uyda bir odamning o`tirganini ko`radi. Ayyub payg`ambar ham buni tushunib indamaydi. Ibodatda davom etib, buni o`ziga olmaydi. O`g`ri esa o`sha teshikning ichidan chiqib uydan nima topsa, hammasini to`plab, qanchasini ko`tara oladigan bo`lsa, orqasiga mahkam bog`laydi. Lahmga kirmoqchi bo`lgan edi, teshik kichkina, yuk esa juda katta bo`lganidan unga sig`maydi. Uning qiynalib qolganini ko`rgan Ayyub o`rnidan turadi-da, eshikni ochib, unga yo`l ko`rsatadi va ЇYuking katta bo`lib ketibdi, teshik esa kichik. Mana, eshik ochiq deydi. Bu gaplardan so`ng, o`g`ri bunday sahovatni ko`rib, seldek ko`z yoshi to`kib, Ayyubning oyog`iga boshini fido qiladi. Navoiy bu maqolati orqali inson qalbini tarbiyalashni nazarda tutgan. O`g`rining qalbini yaxshilik bilan davoladi. Undagi eng yomon hislat o`g`rilikni, yaxshi amal bilan boshqa tarafga o`zgartirdi. Eshikni ochib bergan Ayyubga qarab, o`g`ri na chiqib ketishni na qolishni o`ylab qoldi. Unda vijdon uyg`ondi va Ayyubning oyoqlariga tiz cho`kdi. Navoiy qalb tarbiyasi haqida juda go`zal tarzda bayon qilgan. Navoiyning tahlilicha insonlarning qalbiga faqat yaxshi so`z, yaxshi amal bilan kirib borish mumkin. Qadimdan xalqimizda "qo?li egri" iborasi o?g?ri kishilarga nisbatan ishlatilib, xalqning ularga nafrati bisyor bo?lgan. Shuningdek, "O?g?ri qo?li kesilmaguncha, o?g?riligini qo?ymas" Akram B. Fasohat mulkining sohibqironi. - T.: O?zbekiston, 1991. maqolida xalqda biror shaxs o?g?rilik qilganida unga qo?lini kesib tashlash orqali jazo berilganiga ishora bor. Shu an?anani Navoiy ham o?z dostonida tilga oladi:


Подобные документы

  • "Благополучные" и "неблагополучные" семьи в русской литературе. Дворянская семья и ее различные социокультурные модификации в русской классической литературе. Анализ проблем материнского и отцовского воспитания в произведениях русских писателей.

    дипломная работа [132,9 K], добавлен 02.06.2017

  • Воплощение темы сиротства в русской классической литературе и литературе XX века. Проблема сиротства в сегодняшнем мире. Отражение судеб сирот в сказках. Беспризорники в годы становления советской власти. Сиротство детей во Вторую мировую войну.

    реферат [31,2 K], добавлен 18.06.2011

  • Интерпретация проблемы террора в "классической" исторической литературе. Политическая история Французской революции XVIII в. Марксистская историография о феномене террора во Французской революции XVIII в. Последние работы, посвященные проблеме террора.

    дипломная работа [164,0 K], добавлен 03.05.2016

  • Феномен безумия – сквозная тема в литературе. Изменение интерпретации темы безумия в литературе первой половины XIX века. Десакрализации безумия в результате развития научной психиатрии и перехода в литературе от романтизма к реализму. Принцип двоемирия.

    статья [21,9 K], добавлен 21.01.2009

  • Рассмотрение культурных парадигм различных эпох и их отражение в литературе: красочные аллегории в "Одиссее" Гомера; жизнь как путь к Небесным Вратам - "Путь паломника" Дж. Баньяна; проблема человека в романах "Театр" С. Моэма и "Алхимик" П. Коэльо.

    реферат [21,4 K], добавлен 07.05.2012

  • Сочинения по древнерусской литературе ("Слове о полку Игореве"), литературе 18 в.: анализ оды М.В. Ломоносова и стихотворения Г.Р. Державина, литературе 19 в. - по произведениям В.А. Жуковского, А.С. Грибоедова, А.С. Пушкина, М.Ю. Лермонтова, Н.В. Гоголя.

    книга [127,4 K], добавлен 23.11.2010

  • Социальные потрясения в жизни народов Западной Европы в XVIII веке, их отражение в литературе того времени. Эпоха просвещения и ее эстетические принципы. Место сентиментализма в европейской литературе XVIII столетия, его представители и произведения.

    реферат [14,6 K], добавлен 23.07.2009

  • Апокалипсис и его отражение в эсхатологии и литературе. Отражение апокалиптических сюжетов в русской литературе XIX-XX веков. Роль апокалиптических мотивов памяти в прозе А. Солженицына, православное восприятие жизни в условиях тоталитарного режима.

    курсовая работа [61,7 K], добавлен 30.08.2014

  • Дефиниция "очищения", применимая к литературе. Особенности и установки катарсиса в прозаических произведениях. Особенности "очистительных схем" новелл и рассказов. Различия катарсических схем и установок в классической и неклассической литературе.

    автореферат [36,9 K], добавлен 24.05.2010

  • Символическое значение триады: песок, песочные часы, пустыня. Их отражение в библейских текстах и художественной литературе. Экзистенциальная трактовка романа: песок как бытие чуждое человеку. Топос пустыни в контексте пространственной символики романа.

    дипломная работа [94,8 K], добавлен 08.10.2017

Работы в архивах красиво оформлены согласно требованиям ВУЗов и содержат рисунки, диаграммы, формулы и т.д.
PPT, PPTX и PDF-файлы представлены только в архивах.
Рекомендуем скачать работу.