Интерпретация обращения с сердцем в эпосе и литературе

Отражение проблемы лечения сердца в узбекской классической литературе и фольклоре. Интерпретация восточной морали и идея воспитания идеального человека в западной литературе. Эпос Хайрат уль-аброр и его отражение в современной литературе (Прощение раба).

Рубрика Литература
Вид дипломная работа
Язык узбекский
Дата добавления 06.06.2021
Размер файла 113,0 K

Отправить свою хорошую работу в базу знаний просто. Используйте форму, расположенную ниже

Студенты, аспиранты, молодые ученые, использующие базу знаний в своей учебе и работе, будут вам очень благодарны.

Bo?lsa ilik egrilik ichra samar,

El ani kesmakda tuz etgay magar.

Bir o?rinda o?g?riga "qo?lini kesish" orqali beriladigan jazoni loyiq ko?rgan shoir bir o?rinda afv etish, gunohlaridan o?tish orqali ham uning zimiston qalbini ma?rifat yog?dusi ila ravshan qilish mumkinligini uqtiradi va bunday yuksak vazifani dostonning o?n uchinchi maqolatida marhamatli Ayyub zimmasiga yuklaydi. Shoir e?tiroficha, aslida, o?g?ri ham jamiyatning a?zosi. Uzoq yillar davomida xalqqa ma?naviy madadkor bo?lib kelgan Navoiy o?g?riga har doim qattiq jazoni loyiq ko?rishi mumkin emas edi. O?g?rini kechira bilish ham o?g?ri shaxsiyatidagi mudrab yotgan to?g?rilik xislatlarini uyg?otishi, uni rostlik vodiysiga muyassar aylashi mumkin. Zamonaviy adabiyotda ham Navoiyning ijodi sezilib turadi. G`afur G`ulomning "Hasan Kayfiy" hikoyati Hotami Toyga o`xshaydi. G`afur G`ulom ko`pgina lirik-dramatik yo`nalishdagi hikoyalar ham yozdi. Ularda inson fojiasini va ularni shu holga solgan muhit, sharoitni ko`rsatdi. U 1965 yili "Mening o`g`rigina bolam" lirik-dramatik va "Hasan Kayfiy" yumoristik hikoyasini e'lon qildi. Birinchisiga yozuvchi voqeiy hikoya, ikkinchisiga esa, xalqimizning yumoristik ertaklaridan, deb izoh beradi. Ikkalasi ikki xil ifoda yo`sinida yozilgan, lekin ikkalasi ham jahon hikoyachiligi darajasidagi yetuk, mukammal asarlardir. Ularda G`afur G`ulom ijodining yuragi bo`lmish insonparvarlik ruhi baland jaranglaydi. U mehnatkash, pok, halol, o`z aql-farosati, o`zining peshona teri bilan kun kechiruvchi va hayotni, jamiyatni mukammal qilishga intilgan insonni faol himoya qildi, uning taqdiri, buguni va ertasi uchun san'atkorlik qalbi bilan umr bo`yi kurash olib bordi. Jumladan, "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasida o`zi guvoh bo`lgan oddiy voqea asosida shafqatsiz jamiyatni va shunday sharoitda ham o`zining insonligiga, mehr-oqibatiga zarracha putur yetkazmagan insonni ko`rsatadi. Yozuvchi o`z ota-onasi o`lib, uchta singlisi bilan katta onasi - "qora buvisi" qo`lida qolgan paytidagi uylariga o`g`ri kelishi voqeasini so`zlaydi. Birinchi jahon urushi payti, "zamon chappasiga ketgan" vaqt, barcha kosiblar singan, ish yo`q hamma och-yalang`och. Oddiy kosib, ishsiz yigit ikki bolasi, xotini, onasini boqa olmay, o`g`irlik qilishga majbur bo`ladi. Kechasi "Qora buvi" ning tomiga chiqqanida qo`qqisdan aksirib yuboradi. Yetimlar taqdirini o`ylab, mijja qoqmay yotgan "qora buvi", "O`g`rigina bolam, axir kasbing nozik, tumov-pumovingni yozib chiqsang bo`lmaydimi!", -deydi. "Qora buvi" ning mehribonona, samimiy munosabati og`rining ham xasrat qopini ochib yuboradi. U tomda, kampir pastda dardlashadilar, urushning kasofati, xalqning qashshoq hayoti, shaharning yetimga to`lib ketgani, xullas, osmon uzoq yer qattiqligi to`g`risida suhbat quradilar. O`g`rining so`zidan ellikboshilarning poraxo`rligi ham, boylaru amaldorlarning, tuzumning shafqatsizligi ham oshkor bo`ladi. Yozuvchi ayni paytda, shu kambag`allarda insoniylik, odamiylik, mehr-shafqat tuyg`usi saqlanib qolganini ta'kidlaydi: "qora buvi" o`g`rini uyida bor bo`lgan ikkitagina zog`ora non bilan choy ichishga taklif qiladi, u esa "Meni tanib qolasiz, juda ham yuzimni sidirib tashlaganim yo`q andisham bor, uyalaman", deydi. "Qora buvi" uyda yarim pudlik qozon bor, hozir bunda ovqat pishirishga masalliq ham yetmaydi, "qutlug` uydan quruq ketasanmi, bolam... Shuni obketaqol. Sotib kuningga yaratarsan, o`g`rigina bolam", deydi. O`g`ri ko`nmaydi, kelajakda yaxshi kunlar kelishiga umid bildiradi. Ko`rinadiki, hikoyada ona - farzandlik munosabatiga xos samimiy, chin insoniy muhit yaratilgan. Shuning uchun ham, u kitobxonni rom qiladi, ishontiradi. G`afur G`ulom badiiy publitsistikada ustoz so`z san'atkori sifatida tanildi va umrining oxirigacha bu sohada bayroqdor bo`ldi. Uning publitsistikasi extirosli nutq, chuqur mushohada, falsafiy muhokama bilan birga kichik-kichik hikoyachalar, rivoyatlar, qiziq voqea va yorqin detallar, latifalar, muhim hujjatlar asosiga qurilgan. Bu janrda u teran tarixchi hamda jarchi-tashviqotchi sifatida namoyon bo`ldi. Uning publitsistikasidagi bosh badiiy tamoyil tarixiy chog`ishtirishdir. U "zehnimda aks etgan asriy hodisalarni bir muarrih bir tarixshunos sifatida shu qog`ozlarda qayd qilib o`tmoqchiman", degan edi. O`zi ko`rgan, bilgan voqealarni guvoh sifatida bayon etib, kishini ishontirdi. Bunday "guvohlik berib ayta olishning sababi esa, o`zini xalqning bir parchasi sifatida tasavvur etishi, u bilan doim hamnafas bo`lishi va shu xalq nomidan so`zlashi edi. G`afur G`ulomning kuldirib yig`latadigan va yig`latib kuldiradigan hajviy hikoya va qissalari el orasida shuhrat topdi. U o`zbek realistik hikoyachiligi hamda qissachiligiga beqiyos hissa qo`shgan adiblardan biri bo`ldi va umrining oxirigacha bu sohada muvaffaqiyatli qalam tebratdi. Uyda holsizlikdan sulayib yotgan kampir tom boshida o`tirgan o`g`riga "Qutlug` uydan quruq ketasanmi endi, mening o`g`rigina bolam? Anavi qozonni olib ketsang-chi!" deganida o`g`ri bu "Hotamtoyning onasi" desa degudek mehru saxovat sohibasining taklifini keskin rad qiladi. "Men o`g`ri bo`lsam ham bu qadar insofsiz emasman, onaxon! Hali bu xonadonda ham ulkan doshqozonlar osiladigan payt keladi!" deya yorug` kunlarga umid bilan qaraydi. Asarda yuksak insoniylik masalasi yotibdi.

Ushbu bobdan quyidagi xulosaga kelish mumkin:

1. "Hayrat ul-abror" dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar bor. Uning ahamiyatli jihati shundaki Navoiy hikoyatlar orqali inson o`ziga chetdan nazar solishi kerakligi haqida mulohaza yuritadi. Navoiyning dostonida inson qalbidagi bag`rikenglik, mehr- muhabbat, insoniylik kabi masalalar yotadi. Navoiy insonlarning qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligi haqida so`z yuritar ekan, Hazrati Ayyub hikoyatini keltiradi. Navoiyning bu hikoyati orqali insondagi o`zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.

2. Alisher Navoiy dostonlarida qalb muolajasi masalasi uch jabhada keng tarzda ko`rsatilgan: sabr, tavba hamda iymondir. Navoiy bu uch hislatsiz insonning qalbini davolab bo`lmaydi hikoya qiladi. Insondagi tavba va vijdonni uyg`otmasdan qalbni davolash mumkin emas. Inson qalbini davolashda bu uch hislat kerak. Inson sabrli bo`lishi lozim, chunki sabrning ortidan barcha go`zal narsalar keladi. Inson tug`ilibdiki, bu hayotda yaxshi yashashga va yaxshi hayot kechirishga harakat qilai. Navoiy bu hayot yo`lida iymonni qattiq tutmoqlikni aytadi. Ollohning borligiga iymon keltiqmoq, uning bergan taqdiriga rozi bo`lmoq ham iymondandir. Insonning hayot yo`lida iymon bir umr hamrohdir.

3. Alisher Navoiy dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar keltirilgan. Bulardan Hazrati Ayyub hikoyatidir. Bu hikoyatda inson qalbining naqadar kengligi va daryoligi ifodalangan. Bu hikoyatda o`g`rining ko`ngli poklanganligi va to`g`ri yo`lga kirganligi ifodalangan. Shayx o`g`rining o`g`rilik qilayotganini bilsada o`z ibodatini davom ettiradi. O`g`rining olgan xazinalari lahmdan o`tolmaydi, shunda Shayx unga eshikni ochib beradi, u yerdan chiqib ketishi mumkinligini aytadi. O`g`ri bu holatdan g`oyatda larzaga keladi va uning oyoqlariga bosh egadi. Shayx uni kechiradi. Bu hikoyatda Navoiy inson qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligini aytadi.

4. G`afur G`ulomning asarlarida Navoiyning ijodi sezilib turadi. 1939-yilda "Farhod va Shirin" dostonining dastlabki nasriy bayoni G`afur G`ulom tomonidan chiqarilgandir. G`agur G`ulomning Navoiyga muhabbati o`zgacha bo`lgan. Uning "Hasan Kayfiy" hikoyasi ham Navoiyning " Hotami Toyi" hikoyatiga o`xshaydi. Navoiyning ijodi zamonaviy adabiyotga o`tishi ham o`zbek adabiyotining yanada boyishiga sababchidir.

5. Xulosa qilib aytishimiz lozimli, Navoiyning asarlari kelajak avlod va uning tarbiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy ijod olamida keng nom taratgan ijodkor hisoblanadi. Uning asarlari va dostonlarida inson qalbining eng nozik tuyg`ulari aks etgan.

3. Bob "Haydalgan" romanida inson ko`ngli muammosining epik talqini

3.1 Gyugo va G`afur G`ulom asarlarida ma'naviy tarbiya yetakchiligi

G`afur G`ulomning "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasi inson qalbini poklash, uni yaxshiliklar bilan davolash kabi masalalar yoritilgan. Hikoyadagi o`g`ri obrazini olaylik. O`g`ri obrazi o`g`rilikka kelgan bo`lsada qora buviga yuzini ko`rsatishdan uyaladi. Qora buvi unga bu uydan quruq ketasanmi deb xatto qozon bermoqchi bo`ladi. G`afur g`ulom hikoyatda o`zbek xalqining qanchalik bag`rikengligini, insonlarga faqat yaxshilik ulashuvchi qalblarni hikoya qiladi. Hikoyaning yutug`I ham shunda. Inson qalbini tarbiyalovchi hikoyadir. O`g`riga qanchalik yaxshi muomilada bo`lib, uni xatto choyga ham taklif qiladi. O`grigina bolam deb erkalab ham qo`yadi. Hikoyaning asosiy qahramoni esa bola. Bola uxlab yitgan edi, lekin shovqindan uyg`onib ketdi. Barcha voqea-hodisalar bolaning ko`z o`ngida sodir bo`ladi. Bizga ma'lumki yosh avlod kattalarga qarab ulg`ayadi. O`zbek xalqida "qush uyasida ko`rganini qiladi" degan maqol bor. Bu hikoyatda bolaning tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilgan. Chunki bolaning tarbiyasi yoshlikdan boshlanadi. Bu hikoyatda ikki qahramonga ikki xil tarbiya bilan yondashilgan. Birinchisi o`g`ri- u urushdan keyin qiynalib qolgan, oilasini boqish uchun o`g`irlikka qo`l urayotgan inson. Ikkinchisi esa- go`dak. Bolaning ko`z o`ngida uning buvisi o`g`ri bilan do`stona munosabatda bo`lib gaplashdi. O`g`ri o`z ishidan qattiq hijolat bo`ldi. Qora buvi uni choyga taklif qilganda u meni tanib qolasiz, keyin sizning yuzingizga qanday qarayman? deydi. Hikoyatdagi bu holat kitobxonni qattiq o`ylantiradi. Odatda o`g`rini ko`rib qolgan yoki ovozini eshitgan odam bor ovozi bilan dod sola boshlaydi. Hikoyatda esa aksi. Qora buvi obrazi orqali insonning qalbining qanchalik pokligi, uning olamga faqat yaxshilik ulashishi mumkinligi haqida so`z yuritilgan. Insondagi qusurliklarni ham yaxshilik bilan yengish mumkin. Qora buvi o`g`rining qalbini ham mehribonligi, shirin so`zlari bilan o`ziga rom etdi. O`g`rining qalbi uyg`ondi. U qattiq mulzam bo`ldi. Hikoyatda yana bir holat bor, o`g`rining Qora buvi bilan suhbati. Suhbat davomida o`g`ri bilan Qora buvi turli xil mavzular haqida so`zlashadi. San?at, jumladan, adabiyot tarbiyalamagan qalb vahshiylikka, yovuzlikka, tubanlikka moyil qalbdir. Chunki adabiyot bilan to?lgan qalbga yovuzlik kirib olishi qiyin kechadi, ko?ngil mayli yovuzlik tomonga o?tishdan oldin u yerda adabiyot bunyod etgan qo?rg?onlarni, qal?alarni buzib tashlashiga to?g?ri keladi. Adabiyot bilan to?yingan qalb, ong - poydevori mustahkam binoga o?xshaydi. U zalolatga boshlovchi ko?plab zilzilalarga dosh bera oladi. Adabiyot va san?at tarbiyalamagan qalb "eng past balli silkinishlarga" dosh berolmay, to?kilib ketadi. Bu - asrlar osha isbotlangan haqiqat. Adabiyotning kishilik ongu tafakkurida, ma?naviy olami, madaniy taraqqiyotida tutgan o?rnidan xabari bor, kalom san?atining nima uchun paydo bo?lgani-yu uning bosh vazifasi nimaligini bilganlarga bu gaplarni gapirib o?tirish ortiqchaday tuyulishi mumkin. Ammo xavotir-savol bekorga qo?yilgani yo?q, aftidan. Ijodning mohiyatini anglamasak va ijodning ilohiyligini tan olmasak, adabiyotning vazifasi haqidagi barcha javoblarimiz puch va shunchaki vaysaqilik bo?lib qolaveradi. Chunki xuddi falsafaning bosh masalasi kabi ijodkorlik, ijodni qanday tushunish va tushuntirish adabiyotni tushunishning ham birlamchi masalasidir. Eng avvalo, ijodni barchaga xos bo?lgan taassurotdan, qiziqish va ehtirosdan, mayl va istaklardan, havas va ko?nikmadan, hunar va, A. Qahhor aytganidek, "kosibchilikdan" farqlay olishimiz zarur. Shundagina adabiyotning, san?atning muqaddas vazifasini tasavvur qila olamiz va nimalar san?at bo?ladi, nimalar bo?lolmaydi, degan savolga javob bera olamiz. Chunki hunar mahsuli moddiylik, ijod mahsuli esa ruhoniylikka o?xshaydi: biri - tirikchilik ehtiyojini qondiradi, ikkinchisi - qalb, ruh ehtiyojini. Shu jihati bilan u ilohiy hodisadir. Bugun bizga "ijod mahsuli" deb tavsiya qilinayotgan ko?plab ma?naviy mahsulotlar, aslida, ustasi farang bo?lgan sanoatchilar va turli hunarlarning mahsulotlaridir. Bugun o?zini ijod namunalari sifatida ko?rsatayotgan, bu namunalarni shov-shuvlar bilan e?tirof ettirayotgan butun boshli tijorat, reklama, manipulyasiya sanoati ishlayapti. Eng katta adabiyot yuragimizda yashaydi. Demak, adabiyot har birimizning, hammamizning ichimizda. Lekin adabiyotga "yaqin" bo?lganimiz holda nega dunyoda zulm bor? Nega bugun insoniyat yangi yo?l qidirmoqda? "Yo?lini yo?qotgan dunyoda adabiyotning o?rni va roli bormi? Nega u, ya?ni adabiyot dunyoning yo?lini yo?qotishiga jim qarab tur(a)di? Endi-chi, adabiyot dunyoning ravishiga ta?sir etib, uning yangi, munosib yo?l topishiga ilhomlantiruvchi kuch bo?la oladimi-yo?qmi?.. O?zbek adabiyotining yetuk namoyondasi G?afur G?ulomning,,Mening o?g?rigina bolam'' asarida kampir ya'ni (Qora buvi) o?g?rini juda muloyimlik bilan qarshi oladi va unga o?z hayoti,nabiralari haqida so?zlab beradi. O?g?ri kampirning oqko?ngilliligidan g?oyatda ta'sirlanadi va kampir berib yubormoqchi bo?lgan qozonni ham olmasdan ketadi. Kampir va nevarasi o?g?rini juda yaxshi tanigan lekin ular bu haqida hech qachon hech kimga aytishmagan. Biz asarda insonning yuragidagi va ruhiyatidagi yovuzlikni yaxshilik bilan yengish hamda unga ezgulikni singdirish kabi nozik masalalar qo?yilganini bilishimiz mumkin. Inson tug?ulibdiki, yovuzlik va ezgulik doimo unga hamroh. Ming yillardan buyon yovuzlik bilan ezgulik kurashib keladi. G?afur G?ulom bu asarda 4 ta yetim qolgan go?dakni va o?sha yillari urush tufayli ancha og?irlashib qolgan zamonni juda chiroyli qilib tasvirlaydi. Garchi ro?zg?orda hech narsa bo?lmasada kampir o?g?rini quruq yuborgisi kelmaydi. Uning: sizlarning ham ishlaring og?ir''deb o?g?riga murojat qilganligi o?g?riga juda qattiq ta'sir qiladi. Sening ham bola-chaqang bor ularni boqishing kerak degan gaplari o?g?rining yuragini iyitib yuboradi. Kampir va o?g?ri xuddi ming yillik tanishlardek suhbatlashishadi. Ular zamonning og?ir bir sharoitda yashayotganliklari, to?rtta yetimning taqdiri va burungi o?tgan zamonlar haqida so?zlashadilar. Bu suhbat shunchalik samimiyki o?quvchini o?ziga jalb etmay qolmaydi. Asarda insonning qalbini faqat yaxshi so?z va yaxshi amallar bilan yengish mumkin ekanligi juda mohirona tarzda bola tilidan yozilgan. Aynan bolaning obrazi bu yerda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bolalar dunyoga faqat sof tuyg?u va sofdillik bilan yondashadilar. G?afur G?ulom bu asarda bolaning obrazini juda yaxshi va sodda qilib tasvirlagan. Asarda bola o?g?rini tanishi va bu haqida hech kimga atmaganini ma'lum qilgan. Ya'ni insonlarni yaxshi yo?lga boshlash, ularga yaxshilik qilish kabi amallar hech qachon atilmaydi. Bu yaxshilikdan faqat u manfaat olsin ya'ni davolanayotgan inson. Axir siz uning qalbini davolayapsiz. O?zbek asarlarida bu kabi hikoya va asarlar juda ko?p. Masalan, mana bu hikoya ham bunga misol bo?la oladi. Bir kuni bir kishi yangi uy sotib olibdi. Uning qo?shnisi juda hasadgo?y, badgumon inson ekan. U har kuni yangi qo?shnisining uyiga axlat tashlab ketar ekan.Bir kuni yangi qo?shni chiqib qarasa eshigining tagida bir chelak axlat turgan ekan. U chelakni olib ichidagi axlatini to?kib tashalabdi va chelakni yaltiratib tozalab yuvibdi. Chelakning ichiga esa katta-katta shirin olmalardan solibdi va qo?shnisining eshigini taqillatibdi. Janjal chiqishini kutib o?tirgan qo?shni eshikni ocjibdi shunda yangi qo?shni olma to?la chelakni uzatibdi va shunday debdi: - Har kim o?zida borini ulashadi! Bunday munosabatdan g?oyatda ajablangan qo?shni qilgan ishidan juda uyalibdi. Bu hikoyadan biz shuni bilishimiz mumkinki insonning qalbidagi g?arazlik, ko?rolmaslik va yovuzlikni faqat yaxshilik bilan yengish mumkin. Inson tabiati shunday u qarama qarshi tarafdan kelgan har qanday munosabatga yaxshilik bo?lsa yaxshilik bilan yomonlik bo?lsa xuddi shunday munosabat bildiradi. Inson o?zida bor eng yaxshi fazilatlar orqali taasurot qoldiradi yoki aksincha bo?lishi mumkin. Yaxshilik insonni har doim ulug?lab boradi. G?afur G?ulom bu asarda nafaqat yaxshilik balki uni olamga jar solmaslik haqida ham juda chiroyli tarzda yozib ketganlar. O?quvchi asarni o?qir ekan o?g?ri bundan keyin hech qachon o?g?rilik qilmaganini sezishi mumkin. Chunki asarda suhbat yakunida bu yaqqol sezilgan. Bundan tashqari G?afur G?ulomning yana bir asari;,,Yodgor'' ni olaylik. Bu asarda juvon Jo?raga o?z farzandini tashlab ketgan bo?lsa ham, Jo?ra unga o?z bolasidek qaragani va parvarish qilganining guvohi bo?lishimiz mumkin. Oradan yillar o?tib o?sha juvon bilan ko?rishganda u xuddi shu gapni takrorlaydi:Birovga holis xizmat qilganmisiz? Asardagi bu nozik nuqta o?quvchini hayratga soladi. Jo?raning insofli ekanligi, to?g?riso?zligi, mardligi va soddaligidan juvon foydalanib bola tashalab ketadi. Lekin uzoq yillar o?tib uchrashsa ham yigit juvonning yuziga o?tgan voqealarni solmaydi. Bu qahramonning ezgulik yo?lidagi inson ekanligini bildiradi. Asarda yaxshilik, insonlarning soddaligidan juda makkorona foydalanayotgan voqealar juda ham yaxshi tasvirlangan. Asarning eng katta yutug?i o?quvchilarning qalbiga yaxshilik qilish, uning evaziga hech narsa olmaslik va albatta bir kuni haqiqat yuzaga chiqishiga ishontirganligidir. Asarning yana bir e'tirof etadigan ta'rafi bu uning sodda va tushunarli qilib yozilganligi. G?afur G?ulom o?z asarlarida bo?yoqdorlikdan qochadi. U sodda va o?quvchiga tushunarli bo?lgan tilni tanlaydi. Asarlarning muvaqqiyati ham shunda. Viktor Vyugoning asarlarida qalb muolajasi mavzusi "Haydalgan" asarida yoritilgan. Bu asarda qamoqdan chiqqan mahbus, yo`lga tushadi. U yo`lda cherkovga to`xtab o`tadi va rohibdan bir kunga qolishini so`raydi. Rohib mehmonni quchoq ochib kutib oladi. Rohib mehmonning qamoqdan kelayotgani va o`g`riligini juda yaxshi biladi lekin u inson qalbidagi ezgulikka qattiq ishonadi va uni mehmon qiladi. Ertasi kuni ertalab, mehmon mehmondorchilikdan chiqib ketayotganda, yana eski hunari o`g`rilikni qilib, cherkovdagi kumush idishlarni o`g`irlab ketadi. Oradan vaqt o`tib uni politsiya xodimlari cherkovga olib kelishadi. Shunda rohib politsiya xodimlariga bu kumush idishlarni sovg`a qilganligini aytadi. Bu holatdan o`g`ri lol qoladi. U rohibga hayrat ichida qarab qoladi. Politsiyachilar qaytib ketadi. O`g`ri uzoq vaqt cherkov ichida turib qoladi. Chiqib ketayotgan vaqtida rohib unga yana kumush idishlardan bir nechtasini sovg`a qiladi. O`g`ri mulzam bo`lib chiqib ketadi. U yo`lda turli xil vaziyat, holatlarga duch keladi. Uning insonlarga qilgan yomon muomilasiga faqat yaxshi javob qaytadi. Uning bu holatdan aqli lol qoladi. Jan Valjean bolalik davrida juda kambag`al hayot kechirgan bo`lib och-nahorlikda umri o`tayotgan edi. U opasining va o`zining qornini to`ydirish uchun, non o`g`rilayotganida qo`lga tushib o`n to`qqiz yilga qamoqqa olinadi. U qamoq o`tash jarayonida ikki marta qamoqdan qochmoqchi bo`ladi va ketma-ket qo`lga tushadi. Uning qalbidagi barcha sofliklar, yaxshiliklar so`nib bo`lgan edi. U umuman insonlarning yaxshiligiga ishinmay qo`ygandi. Uning qalbi qoraygandi. U cherkovdan chiqib ketayotgan vaqt, rohib unga yana ikkita kumush idish sovg`a qiladi va bu idishlarni yaxshilikka ishlatishini so`raydi. U yo`lda bir o`spirin bolaning pulini tortib oladi, o`spirin bu holatdan lol qolib, ko`zlarida yosh bilan qochib ketadi. Jan Valjean o`spirinning dod solmaganini va indamay yig`lab ketganini ko`rib yuragi qattiq eziladi. U yo`lda nimaiki qilmasin unga faqat yaxshilik bo`lib qaytadi. Uning hayoti o`zgara boshlaydi. U endi yaxshi tarafga o`zgaradi. Uning qalbi sekin-asta tarbiyalana boshlaydi. Uning qalbida ezgulik urug` ochib, sekin-asta nish urib bo`y cho`zadi. Uning insonlarga bo`lgan ishonchi so`ngan edi. 19 yillik mashaqqatli mehnatdan so`ng, erkinlikka erishdi. Faqat "erkinlik" - bu shunchaki so`zda edi. Har oy u advokatga hisobot berishi kerak, u ozod etilmaydi va hatto xo`rlanadi. Ammo bir marta, u rohib Dinsky tomonidan boshpana topdi, unga birodar kabi munosabatda bo`ldi. Jan Valjan hali ham muhabbatga ishonmay, insonlardan shubhalanib, ularning yaxshiligiga ishonqiramay qaraydi. Uning qamoqdan chiqandan keyin ham doimiy ravishda politsiya hodimlariga har bir qadamining izohini berish unga juda azob bera boshlaydi. Qamoqdan chiqqanlarning ijtimoiy hayotga qanchalik moslashayotgani va ularning axloqiy hatti-harakatlarini nazoratga olib turgan politsiyachi hodim Javertga hisobat berishadi. Jan Valjan dengiz sayohatiga chiqadi va u yerda tasodifan bir insonning hayotini qutqarib qolmoqchi bo`ladi. Bu voqeadan so`ng xalq orasida Jan Valjan cho`kib ketdi degan mish-mishlar tarqay boshlaydi va uni hamma o`ldi deb o`ylashadi. Jan Valjanga bu juda qo`l kelgandi, chunki uning peshonasiga 20 yil qamoqda o`tirib chiqqan degan tamg`a bosilgandek bo`lardi. Va bu uni tobora odamlardan uzoqlashtirardi. Uning bu holat yuragini siqardi. Uning bu kutilmagan mo`jizadan boshi osmonga yetadi va ismini o`zgartirib, rohib bergan kumush idishlarni sotib fabrika ochadi.

Jan Valjan o`zi uchun yangi hayot qurishni boshlaydi. Soxta ism - Madeleinni faraz qilsa, u qora shisha mahsulotlarini zavod ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Uning ishlari yuqoriga ko`tarilmoqda va u shaharga foyda keltirgan korxona egasi uning meri bo`ladi. Uning ishlari yurishib keta boshlaydi va u shaharga mer bo`ladi. Lekin Javert undan shubhalanib yuradi va uning aslida kim ekanligini bilib qoladi. Va u bir xiyla ishlatadi- bir insonni hibsga olib, uni go`yoki Jan Valjan deb e'lon qiladi. Uni shuncha yildan beri qochib yurganlida va yana bir necha ayblovlar qo`yib ayblaydi. Mahbusning sud jarayonini hammaga oshkor qiladi. Jan Valjanning boshi qotib qoladi. Aslida u emasmi? Jan Valjan? Nega endi uni deb begona insonlar azob tortishi kerak? Axir endi u umuman boshqa insonku. Uning hayollari chalkashib ketadi. Madeleine munosib odam sifatida sudga keladi va aslida u Jan Valjan ekanligini tan oladi va ayblanuvchini ozod qilishni talab qiladi. Sud qarori bilan aybiga iqror bo`lgan odam haddan tashqari qattiq jazo oladi - hayotiy ish. Dengiz tubida o`limini soxta qilib, Valjan gunohini to`g`irlaganga o`xshaydi. Uning bu holati- haqiqiy insonga tegishli edi. Agar u 20 yil oldingi Jan Valjan bo`lganida hech qachon sud zaliga bormas edi. Uning bu dovyurakligidan butun sud zali junbushga keladi. U shisha zavodini yuritgan vaqtida uning ishchisi nikohsiz farzand dunyoga keltiradi. Valjan uni bu sharmisorlikdan saqlab qolish uchun qizchani o`z qaramog`iga oladi. Valjan endi tamoman boshqa insonga aylangan edi. U insonlarga faqat yaxshilik ulasha boshlagandi. U sud zalidagi so`zidan keyin u yana qamoqqa tushishni hohlamay qizi bilan monastirga yo`l oladi va u yerdan panoh topadi. Valjan endi u yerda bog`bonlik qila boshlaydi qizi esa oqsoch bo`ib ishlay boshlaydi. Ularning tinch turmushi buziladi. Qizining aqli hushuni bir yigit olib qo`yadi va u bilan turmush quradi. Lekin kuyov Valjanni yomon ko`rardi uning o`tmishi uchun. U qizga tinimsiz o`gay otasining qay darajada tuban bo`lganligi va o`g`irliklari hamda qamoqda o`tirib chiqqanligini bot-bot eslatib turardi. Qizning otasidan ko`ngli qola boshlaydi va u otasini tashlab ketadi. Ayni paytda Jan qarib qoldi va hayot unda muzlay boshlaydi. Uning endi hayotga muhabbati ham so`nadi. U monastirda umrining so`ngi yillarini o`tkazadi. Qizi va uning kuyovi barcha ishlardan xabar topadi va ular Janni qidirib kelishadi. Undan kechirim so`rashadi. Jan valjan hayotdan qalbi pok va xotirjam holda ko`z yumadi. Uning hayot yo`li va kechirgan umr yo`lidagi sarguzashtlari ko`z o`ngidan bir- bir o`ta boshlaydi. U hayotda munosib yashadi. Eng muhimi uning qalbi davolandi. U ertami yoki kechmi o`z qalbini anglab yetdi va hayotini boshqatdan qurdi. Gyugo bu asari orqali juda ko`p kitobxonlarning yuragidan joy egallagan. Uning inson qalbini davolash kabi dolzarb mavzusi, insonlarni o`ylantirib qo`ydi. Gyugo bu asari bilan inson qalbining tarbiyasi nafaqat atrofidagi insonlarga balki jamiyatga ham bog`liqligini ifodalagan. Gyugoning bu asari katta shuhrat qozondi. Qahramon Jan Valjan- non o`g`orlagani uchun qamoqqa olinib, qochishga harakat qilganligi uchun esa uzoq muddat qolib ketadi. U qamoqdan chiqqanidan so`ng uning hayoti yo`lida qamalib chiqqanligi unga katta ta'sir ko`rsatadi. Unga hammaning yovsirab qarashi, unga ishonmasliklari uni tamomila qalbini muzlatib qo`ygan edi. Uning qalbida insonlarga nisabatan faqat nafrat qolgan edi. Inson qalbidagi eng ezgu tuyg`ular unda allaqachon so`nib bo`lgandi. Lekin uning hayot yo`lini va hayotini umuman o`zgartirib yuborgan bir voqea bo`ldiki, endi u tamomila o`zgacha insonga aylandi. Jan Valjanning qalbini qayta tarbiyalagan inson-rohib edi. U Valjan o`g`irlik qilishiga qaramasdan unga yana kumush idishlarni sovg`a qiladi. Uni bu ishlarni faqat yaxshilikka ishlatishini aytadi. Valjan bu holdan nihoyatda lol bo`lib qoladi. Uning qalbi qiynala boshlaydi. U insonlarga yana ishonch bilan qaraydi. Jan Valjanda qalb muolajasi deyarli umrining yarmida boshlandi. Uning qalbi davolanishiga insonlarning yaxshi munosabati, yaxshi amali va yaxshi so`zi turtki bo`ldi. Qalbdagi kechinmalar yolg`iz uning egasiga ayon. Rohib unga sovg`a berib va uni qutqarib qoldi. Valjanni endi vijdon azobi qiynar edi. Uning bu holatdan o`zi ham taajjublanardi. U hayot yo`lida insonlarga ham faqat yaxshilik ulasha boshladi. U fabrikasida ishlaydigan ishchining nikohsiz farzandini boqib oladi. Valjanning qalbi tarbiyalanganini shu holatda ham ko`rishimiz mukin. U birovning farzandini boqib olib, unga o`z farzandidek qaraydi. Valjanni endi mehr hayotini o`zgartira boshlaydi. Endi uning qalbi mehr-muhabbatga to`la edi. U fabrikani yuritar ekan, insonlarga faqat yaxshilik qiladi. Uning ishchilarga bo`lgan munosabati boshqalarga nisbatan ancha xushmuomila edi. U har bir ishchining oilasi bilan qiziqar, ularga moddiy yordam berib yuradi. Valjan hayoti so`ngida rohibni eslaydi va unga minnatdorchilik bildiradi. Uning qalbini davolashda rohibning o`rni beqiyosdir. U Valjanning qalbini yaxshilik bilan tarbiyaladi. Gyugo ham inson qalbini tarbiyalashda uning atrofidagi insonlarning o`rni borligini bildirmoqchi bo`lgan. Agar Valjanga rohib ham yaxshilik qilmaganida u o`zgarmagan bo`lardi va shu tarzda hayoti davom etardi. Uning qalbini davolashda insonlarning yaxshiligi va ularning yaxshi so`zlari muhim o`rin tutadi.

Ushbu bobdan quyidagi xulosaga kelish mumkin:

1. Viktor Gyugoning asarida qahramonning qalbini davolgan va uning hayot yo`lini o`zgartirib yuborgan narsa bu- yaxshilikdir. Inson doimo mo`jizalarga muhtoj lekin aslida mo`jizalar biz o`zgargan vatimizda sodir bo`ladi. Insonning qalbini bu yo`sinda davolash ''Haydalgan'' asarida juda ajoyib tarzda ochib berilgan. Asardagi yutuq ham qahramonning qamoqdan so`ng yaxshi tarafga o`zgarganligidir. Bu asar orqali biz inson qalbini tarbiyalashda uning yoshining ahamiyati yo`qligini ko`rishimiz mumkin.

2. "Haydalgan" asarida qalb muolajasining ahamiyati haqida bir necha voqealar tasvirlangan. Jan Valjanning qalbini yaxshilik bilan tarbiyalash masalasi yotadi. Gyugo bu asarida inson qalbini qamoqdan keyin ham turli xil yovuzliklardan davolash mumkinligi haqida yozgan. Jan Valjanning hayoti keskin ravishda o`zgaeadi chunki uning vijdoni uyg`ongan edi. Va uning hayoti yo`lidagi bir necha voqealar uning o`zgarishiga sabab bo`ladi. Asardagi bunday qalb o`zgarishi kitobxonni jalb qilmay qo`ymaydi albatta.

3. G`afur G`ulomning "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasi o`zbek adabiyotining noyob durdonalaridan biri hisoblanadi. Uning bu hikoyai real hayotdan olingan bo`lib, hikoyada yumor, haqiqat va tarbiyaning o`rni ham alohida. Hikoyaning yutug`I ham shu aslida. Hikoyada real hayotda bo`layotgan voqealar, urushdan keying ocharchilik, uning oqibatlari, insonlarning qiynalib yashayotganligi aks etgan. Garchi shunday qiyin vaziyat bo`lsada insonlardagi mehr-oqibatning yo`qolmaganligini yozuvchi go`zal tarzda bayon etgan.

4. "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasida qalb muolajasining o`rni bo`lakcha. Qora buvining o`g`riga yaxshi munosabati, uni choy bilan siylamoqchi bo`lganligi, hamda narsa berib yubormoqchiligi o`g`rining qalbidagi o`g`rilikni so`ndiradi. Qalb muolajasi jarayonida yaxshi so`z va yaxshi amalning o`rni o`zgachadir. Insonlarning qalbini o`zgartirish uchun yozuvchi bu yerda hilmlik ya'ni muloyimlikdan foydalangan. Yozuvchining qora buvini tasvirlashdagi mahorati beqiyosdir.

5. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, nafaqat o`zbek adabiyotida balki jahon adabiyotida ham qalbga doir asarlar ko`p. Qalb muolajasi va uning insonlar hayotidagi o`zgarishlarni asarlarda ham ko`rishimiz mumkin. Insonning qalbini davolashda adabiyotning o`rni beqiyosdir. Qalbdagi qusurlarni yo`qotish, ularni yaxshilikka yo`naltirish nafaqat adabiyot balki jamiyatning ham tuzumi muhim ahamiyat kasb etadi. Insonlardagi qalb muolajasida qalbning murakkabligi, uning nozikligini bilgan holda davolash jarayonini ham ehtiyotkorlik bilan qilish lozim. Adabiyot esa shu yo`sinda harakat qiladi.

Xulosa

O`zbek mumtozi adabiyotida va folklorida qalb muolajasiga doir masalalar necha yillardan buyon turli xil dostonlar, xalq qo`shiqlari va ertaklar asosida bayon qilinib kelmoqda. Qalb muolajasi, qalbni yaxshilik sari yetaklashda xalq og`zaki ijodining o`rni beqiyosdir. Qalb masalasi oz'bek adabiyotida murakkab mavzulardan biridir. Chunki inson qalbining yomonligini yaxshilik bilan yengish uzoq yillardan beri ko`tarilib kelayotgan masladir. Xalq og`zaki ijodida qalb masalasi asosan ertak va dostonlarda uchraydi. Qalbni davolash, uni yaxshilikka oshno qilish, bir necha xalq ertaklarida keltirilgan. Sharqona axloq- sharq xalqlari orasida bola tarbiyasi bilan bog`liq hamda uning o`sishi uchun muhim rol o`ynaydigan bir holatdir. Sharqona axloq masalasi komil inson masalasi bilan o`zar bog`liqdir. Komil insonni tarbiyalash g`oyalari necha asrlardan buyon sharq va g`arb adabiyotida eng murakkab mavzudir. G`arb mutafakkirlarining fikricha komil insonni tarbiyalashda, uning bolalik chog`laridan boshlagan ma'qulroqdir. Chunki bolaning boshidan go`zal tarbiya topganligi uning ertaga komil inson bo`lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Komillik sari birinchi qadam- albatta bu axloqdir. Axloqsiz inson hech qachon komillikka erisholmaydi. Insonning odobi bo`lmas ekan, uning olgan bilimlari va ko`nikmalari o`z ahamiyatini yo`qotadi. "Komil inson" tushunchasi o`zbek adabiyotida Alisher Navoiyning asarlarida uchraydi. Navoiyning fikricha- komil inson yaxshi tarbiya topgan, axloqli, qalbi yovuzliklardan, nafratdan, ginachilikdan va hasaddan holi insonlarga aytiladi deydi. Qalbni poklamasdan turib, inson komillikka erisha olmaydi. Chunki insonning ichida yomonlik bor ekan, u komillik yo`lidagi o`qib o`rganish, ilm mashaqqati, insonlarga muloyim munosabatda bo`lishga sabr qilolmaydi. Necha asrlardan buyon davom etayotgan bu jarayon: yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash, tahlil qilinib kelmoqda. O`zbek xalqida "Bola yomon bo`lib tug`ilmaydi, uning yuragi va qalbining qorayishiga muhit ham sababchidir" deydi. Insonlardagi bunday noto`g`ri muhitda shakllangan ongni to`g`irlash uchun bizga xalq og`zaki ijodi va o`zbek adabiyoti yordamga keladi. Bu o`rinda ularning o`rni beqiyosdir. Qalbning qorayishining sababini qidirib, uni shu sabablarga ko`ra davolash ham mumkin. Insonning qalbi hamma zamonlarda ham adabiyotning murakkab va bosh mavzusi bo`lib kelgan. Butun adabiyot tarixini inson haqidagi fikriy-g`oyaviy qarash, insonni tasvirlash, inson mohiyatini kasb eta boorish tarixi deb atasa bo`ladi. Inson qalbi necha ming yillrdan beri o`rganilayotgam mavzudir. O`zi u bormi? Yoki mavhummi? Insonning qalbi barcha tana a'zolaridan yuqorida turiv, uning ichida sirlar yashirilgandir. Qalbda inson eng ezgu hislarni o`zi bilan olib yuradi. Olloh raola ham insonni yaratar ekan, qalbida o`zi uchun joy ajratib, uni taxt deb ataydi.

"Ko`ngil tangrining taxti, Tangri ko`ngilga boqdi" Jaloliddin Rumiy. "Ichindag ichindadir" 2017 y

Demak, Olloh barchaning qalbida bor, eng yomon inson ham qalbda ollohni olib yurushi mumkin. Insonning qalbini yaxshi amal bilan davolash, inson qalbidagi yovuzliklar, undagi qusurlarni yaxshi amallar bilan ifodalash mumkin. Qalbning davolanish jarayonidagi o`zgarishlarni badiiy asarlarda, dostonlarda, hikoyatlarda kuzatishimiz mumkin. Insondagi bu holatlar ijobiy tarafga o`zgarayotganligi albatta quvonarli. Xalq dostonlarida bunday holatlar juda ko`p uchraydi. Masalan: alpomish dostonida, Qorajonning tushiga pirlar kirib, uning Alpomishga do`st tutunishini qalbiga solidi. Qorajon shundan keyin Alpomish bilan qiyomatli do`st bo`ladi. Alpomishning qalb ko`zini shon-shuhrat, manmanlik ko`r qilgan edi. U makr- xiyla sababli chohga tushib ketadi va o`sha chohda qalbini qaytadan davolaydi. U barcha qilgan ishlari, bu yurtga nega kelganligi va qo`ng`irot elini qaytadan birlashtirishi kerakligi haqida o`ylab qoladi. Dostondagi "tutqunlik" motivi ham qalbni tarbiyalashga hizmat qiladi. "Hayrat ul-abror" dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar bor. Uning ahamiyatli jihati shundaki Navoiy hikoyatlar orqali inson o`ziga chetdan nazar solishi kerakligi haqida mulohaza yuritadi. Navoiyning dostonida inson qalbidagi bag`rikenglik, mehr- muhabbat, insoniylik kabi masalalar yotadi. Navoiy insonlarning qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligi haqida so`z yuritar ekan, Hazrati Ayyub hikoyatini keltiradi. Navoiyning bu hikoyati orqali insondagi o`zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Alisher Navoiy dostonlarida qalb muolajasi masalasi uch jabhada keng tarzda ko`rsatilgan: sabr, tavba hamda iymondir. Navoiy bu uch hislatsiz insonning qalbini davolab bo`lmaydi hikoya qiladi. Insondagi tavba va vijdonni uyg`otmasdan qalbni davolash mumkin emas. Inson qalbini davolashda bu uch hislat kerak. Inson sabrli bo`lishi lozim, chunki sabrning ortidan barcha go`zal narsalar keladi. Inson tug`ilibdiki, bu hayotda yaxshi yashashga va yaxshi hayot kechirishga harakat qilai. Navoiy bu hayot yo`lida iymonni qattiq tutmoqlikni aytadi. Ollohning borligiga iymon keltiqmoq, uning bergan taqdiriga rozi bo`lmoq ham iymondandir. Insonning hayot yo`lida iymon bir umr hamrohdir. Alisher Navoiy dostonida qalb muolajasiga doir bir necha hikoyatlar keltirilgan. Bulardan Hazrati Ayyub hikoyatidir. Bu hikoyatda inson qalbining naqadar kengligi va daryoligi ifodalangan. Bu hikoyatda o`g`rining ko`ngli poklanganligi va to`g`ri yo`lga kirganligi ifodalangan. Shayx o`g`rining o`g`rilik qilayotganini bilsada o`z ibodatini davom ettiradi. O`g`rining olgan xazinalari lahmdan o`tolmaydi, shunda Shayx unga eshikni ochib beradi, u yerdan chiqib ketishi mumkinligini aytadi. O`g`ri bu holatdan g`oyatda larzaga keladi va uning oyoqlariga bosh egadi. Shayx uni kechiradi. Bu hikoyatda Navoiy inson qalbini yaxshilik bilan yengish mumkinligini aytadi. Navoiyning bu hikoyatida o`g`rining qalbi davolanganligini ko`rishimiz mumkin. Qalbadagi bu kabi nozik masalalar yana boshqa hikoyalarda ham mavjud. G`afur G`ulomning asarlarida Navoiyning ijodi sezilib turadi. 1939-yilda "Farhod va Shirin" dostonining dastlabki nasriy bayoni G`afur G`ulom tomonidan chiqarilgandir. G`agur G`ulomning Navoiyga muhabbati o`zgacha bo`lgan. Uning "Hasan Kayfiy" hikoyasi ham Navoiyning "Hotami Toyi" hikoyatiga o`xshaydi. Navoiyning ijodi zamonaviy adabiyotga o`tishi ham o`zbek adabiyotining yanada boyishiga sababchidir.

Xulosa qilib aytishimiz lozimli, Navoiy ijod olamida keng nom taratgan ijodkor hisoblanadi. Uning asarlari va dostonlarida inson qalbining eng nozik tuyg`ulari aks etgan. Inson qalbi muolajasida Navoiy go`zal hikoyatlar orqali insonning qalbini davolash mumkinligi haqida so`z yuritgan. Viktor Gyugoning asarida qahramonning qalbini davolgan va uning hayot yo`lini o`zgartirib yuborgan narsa bu- yaxshilikdir. Inson doimo mo`jizalarga muhtoj lekin aslida mo`jizalar biz o`zgargan vatimizda sodir bo`ladi. Insonning qalbini bu yo`sinda davolash "Haydalgan" asarida juda ajoyib tarzda ochib berilgan. Asardagi yutuq ham qahramonning qamoqdan so`ng yaxshi tarafga o`zgarganligidir. Bu asar orqali biz inson qalbini tarbiyalashda uning yoshining ahamiyati yo`qligini ko`rishimiz mumkin.

"Haydalgan" asarida qalb muolajasining ahamiyati haqida bir necha voqealar tasvirlangan. Jan Valjanning qalbini yaxshilik bilan tarbiyalash masalasi yotadi. Gyugo bu asarida inson qalbini qamoqdan keyin ham turli xil yovuzliklardan davolash mumkinligi haqida yozgan. Jan Valjanning hayoti keskin ravishda o`zgaeadi chunki uning vijdoni uyg`ongan edi. Va uning hayoti yo`lidagi bir necha voqealar uning o`zgarishiga sabab bo`ladi. Asardagi bunday qalb o`zgarishi kitobxonni jalb qilmay qo`ymaydi albatta. G`afur G`ulomning "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasi o`zbek adabiyotining noyob durdonalaridan biri hisoblanadi. Uning bu hikoyai real hayotdan olingan bo`lib, hikoyada yumor, haqiqat va tarbiyaning o`rni ham alohida. Hikoyaning yutug`I ham shu aslida. Hikoyada real hayotda bo`layotgan voqealar, urushdan keying ocharchilik, uning oqibatlari, insonlarning qiynalib yashayotganligi aks etgan. Garchi shunday qiyin vaziyat bo`lsada insonlardagi mehr-oqibatning yo`qolmaganligini yozuvchi go`zal tarzda bayon etgan. "Mening o`g`rigina bolam" hikoyasida qalb muolajasining o`rni bo`lakcha. Qora buvining o`g`riga yaxshi munosabati, uni choy bilan siylamoqchi bo`lganligi, hamda narsa berib yubormoqchiligi o`g`rining qalbidagi o`g`rilikni so`ndiradi. Qalb muolajasi jarayonida yaxshi so`z va yaxshi amalning o`rni o`zgachadir. Insonlarning qalbini o`zgartirish uchun yozuvchi bu yerda hilmlik ya'ni muloyimlikdan foydalangan. Yozuvchining qora buvini tasvirlashdagi mahorati beqiyosdir. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, nafaqat o`zbek adabiyotida balki jahon adabiyotida ham qalbga doir asarlar ko`p. Qalb muolajasi va uning insonlar hayotidagi o`zgarishlarni asarlarda ham ko`rishimiz mumkin. Insonning qalbini davolashda adabiyotning o`rni beqiyosdir. Qalbdagi qusurlarni yo`qotish, ularni yaxshilikka yo`naltirish nafaqat adabiyot balki jamiyatning ham tuzumi muhim ahamiyat kasb etadi. Insonlardagi qalb muolajasida qalbning murakkabligi, uning nozikligini bilgan holda davolash jarayonini ham ehtiyotkorlik bilan qilish lozim. Adabiyot esa shu yo`sinda harakat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

I. Diniy-falsafiy adabiyotlar:

1. Qur'oni Karim. O`zbek tilidagi ma'nolari tarjimasi.T.:2018

2. Shayx Muhammad Sodiq. Tasavvuf haqida tasavvur. T:2012

3. Hadislar to`plami.T.: 2017

4. Nosiriddin Rabg`uziy. Qissasi Rabg`uziy. T.:1985

II.Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O`zbekiston Respublikasi "Ta'lim to`g`risida"gi Qonuni// Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: 1997

2. O`zbekiston Respublikasining "Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi"// Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: 1997.

3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi PF-4947-son Farmoni// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017-yil., 6-son.

III. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. 2017-yilning 15-iyun kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tgan: "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi" mavzusidagi anjumanda so`zlangan nutq//Xalq so`zi., 2017 yil 16 iyun, № 119 (6813).

2. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va sanat, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir//Xalq so`zi. 2017. 4-avgust.

3. O`zbekiston Respublikasi "Ta'lim to`g`risida"gi Qonuni// Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: 1997.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi PF-4947-son Farmoni// O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2017-yil., 6-son.

5. O`zbekiston Respublikasining "Kadrlash tayyorlash Milliy dasturi"// Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. - T.: 1997.

6. Каримов И.А. Адабиётга эътибор - маънавиятга, келажакка эътибор. -Т.: Ўзбекистон, 2009.

7. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Иккинчи нашри. -Т.: Маънавият, 2011.

8. Мирзиёев Ш.М. Илм фан юту?лари - тара??иётнинг му?им омили// "Халк сўзи", 2016 йил 31 декабрь.

9. Мирзиёев Ш.М. Илм фан юту?лари - тара??иётнинг му?им омили// "Халк сўзи", 2016 йил 31 декабрь.

10. Мирзиёев Ш.М. ?онун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тара??иёти ва хал? фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикасининг сайланган Президенти Шавкат Мирзиёвнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ?абул ?илинганининг 24 йиллигига ба?ишланган тантанали маросимдаги маърузаси// Хал? сўзи, 2016 йил 8 декабрь.

11. Мирзиёев Ш.М. ?онун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш - юрт тара??иёти ва хал? фаровонлигининг гарови. Ўзбекистон Республикасининг сайланган Президенти Шавкат Мирзиёвнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ?абул ?илинганининг 24 йиллигига ба?ишланган тантанали маросимдаги маърузаси// Хал? сўзи, 2016 йил 8 декабрь.

IV. Ilmiy va badiiy adabiyotlar:

5. Alisher Navoiy. Tanlangan asarlar. 10 jildlik. T.:2016

6. Alisher Navoiy. Xamsa. - Toshkent:Navro`z. 2019

7. Alisher Navoiy. Xamsa. T.: 2017

8. G`afur G`ulom. //Jahon adabiyoti 2005y N5

9. G`afur G`ulom. //Yozuvchi 1998y 13-may

10. G`afur G`ulom.// Adolat 2007 15-iyun

11. G'afur G'ulom. Mening o'g'rigina bolam. T.:2015

12. Mirpo'lat Mirzo. Viktor Gyugo, Uyg'oq Yurak. T.:2019

13. Muslihiddin Muhiddinov. Komil inson-adabiyot ideali. - Samarqand, 2002

14. Nasiba Bozorova. "Navoiy ijodida ko`ngil obrazi" 2003y

15. Ozod Sharafiddinov.// Ma'naviyat 2001

16. Ozod Sharafiddinov.// O`zbekiston ovozi 2004y

17. Ozod Sharafiddinov.//Yozuvchi 1999 204-b

18. Suvon Meli. O`g`rigina bolaning izzati yohud mehr sehri// Sharq yulduzi

19. Ulug'bek Hamdam. Ota. T.:2019

20. Uzoq Jo`raqulov. Alisher Navoiy "Xamsa" sida Xronotop poetikasi(monografiya). - Toshkent: 2017y

21. Uzoq Jo`raqulov. Hududsiz jilva.-T:Yangi asr avlodi.2006.

22. Uzoq Jo`raqulov. Romanda zamon va xronotop masalasi.-T.:2018

23. Viktor Gyugo. "Отверженнъи" 1862

24. Адабиёт назарияси: 2 томлик. Т.2.-Т.,1979

25. Адабий турлар ва жанрлар (Тарихи ва назариясига доир): 3 томлик.- Т.2.- Т.: Фан, 1991.

26. Аристотел. Поетика. -Т.: ?афур ?улом номидаги адабиёт ва саньат нашриёти, 1980.

27. Валихўжаев Б. Ўзбек адабиётшунослиги тарихи. -Т.: Ўзбекистон, 1993.

28. Виссарион Белинский. Танланган асарлар. -Т.: 1955.

29. Норматов У. Умидбахш тамойиллар. - Т.: Маънавият, 2000.

30. Норматов У. Дунёни янгича кўриш э?тиёжи. - У. ?амдам ва У. Норматов су?бати. Ижодни англаш се?ри. - Тошкент: Шар?, 2007.

31. Ойбек. Адабиёт тў?рисида. - Т.: Фан, 1985.

IV. Internet saytlari:

1. www.ziyonet.uz

2. www.edu.uz

3. www.saviya.uz

4. www.kutubxona.uz

5. http://www.diss.natlib.uz

Размещено на Allbest.ru


Подобные документы

  • "Благополучные" и "неблагополучные" семьи в русской литературе. Дворянская семья и ее различные социокультурные модификации в русской классической литературе. Анализ проблем материнского и отцовского воспитания в произведениях русских писателей.

    дипломная работа [132,9 K], добавлен 02.06.2017

  • Воплощение темы сиротства в русской классической литературе и литературе XX века. Проблема сиротства в сегодняшнем мире. Отражение судеб сирот в сказках. Беспризорники в годы становления советской власти. Сиротство детей во Вторую мировую войну.

    реферат [31,2 K], добавлен 18.06.2011

  • Интерпретация проблемы террора в "классической" исторической литературе. Политическая история Французской революции XVIII в. Марксистская историография о феномене террора во Французской революции XVIII в. Последние работы, посвященные проблеме террора.

    дипломная работа [164,0 K], добавлен 03.05.2016

  • Феномен безумия – сквозная тема в литературе. Изменение интерпретации темы безумия в литературе первой половины XIX века. Десакрализации безумия в результате развития научной психиатрии и перехода в литературе от романтизма к реализму. Принцип двоемирия.

    статья [21,9 K], добавлен 21.01.2009

  • Рассмотрение культурных парадигм различных эпох и их отражение в литературе: красочные аллегории в "Одиссее" Гомера; жизнь как путь к Небесным Вратам - "Путь паломника" Дж. Баньяна; проблема человека в романах "Театр" С. Моэма и "Алхимик" П. Коэльо.

    реферат [21,4 K], добавлен 07.05.2012

  • Сочинения по древнерусской литературе ("Слове о полку Игореве"), литературе 18 в.: анализ оды М.В. Ломоносова и стихотворения Г.Р. Державина, литературе 19 в. - по произведениям В.А. Жуковского, А.С. Грибоедова, А.С. Пушкина, М.Ю. Лермонтова, Н.В. Гоголя.

    книга [127,4 K], добавлен 23.11.2010

  • Социальные потрясения в жизни народов Западной Европы в XVIII веке, их отражение в литературе того времени. Эпоха просвещения и ее эстетические принципы. Место сентиментализма в европейской литературе XVIII столетия, его представители и произведения.

    реферат [14,6 K], добавлен 23.07.2009

  • Апокалипсис и его отражение в эсхатологии и литературе. Отражение апокалиптических сюжетов в русской литературе XIX-XX веков. Роль апокалиптических мотивов памяти в прозе А. Солженицына, православное восприятие жизни в условиях тоталитарного режима.

    курсовая работа [61,7 K], добавлен 30.08.2014

  • Дефиниция "очищения", применимая к литературе. Особенности и установки катарсиса в прозаических произведениях. Особенности "очистительных схем" новелл и рассказов. Различия катарсических схем и установок в классической и неклассической литературе.

    автореферат [36,9 K], добавлен 24.05.2010

  • Символическое значение триады: песок, песочные часы, пустыня. Их отражение в библейских текстах и художественной литературе. Экзистенциальная трактовка романа: песок как бытие чуждое человеку. Топос пустыни в контексте пространственной символики романа.

    дипломная работа [94,8 K], добавлен 08.10.2017

Работы в архивах красиво оформлены согласно требованиям ВУЗов и содержат рисунки, диаграммы, формулы и т.д.
PPT, PPTX и PDF-файлы представлены только в архивах.
Рекомендуем скачать работу.